Shveysariya prokuraturasi PSJ prezidenti Nossir al-Xelayfi uchun 28 oylik qamoq jazosi so‘ramoqda, deya xabar qilmoqda L’Equipe.

Foto: Twitter

Al-Xelayfi bu ishda beIN Media televizion kompaniyasining rahbari sifatida javobgarlikka tortilmoqda. Prokuratura so‘roviga ko‘ra, qamoq jazosining ma’lum muddati shartli bo‘ladi.

Qatarlik funksioner FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Valk bilan til biriktirganlikda ayblanmoqda. Valk uchun prokuratura 3 yillik qamoq jazosi so‘ramoqda.

Avvalroq Nossir Jahon Chempionati translyatsiya huquqini sotishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblangan FIFA sobiq bosh kotibiga pora berganligi aytilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!