Ushbu sahifada UZ24 internet-nashri bergan axborotga tayanib, “O‘zbekistonning birinchi va so‘nggi davlat kotibi Rahim Rajabov 83 yoshda vafot etdi” sarlavhasi ostida tegishli xabar berilgan edi. Bu ma’lumot noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi, bu haqda xabar tarqatgan UZ24 internet-nashri raddiya berib, hozirda Rahim Rajabovning holati yaxshi, uyida davolanayotganini ma’lum qildi.
Yuz bergan ushbu tushunmovchilik va yetkazilgan noqulaylik uchun “Daryo” tahririyati Rahim Rajabov va uning yaqinlaridan hamda mushtariylardan uzr so‘raydi.
Izoh (0)