• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyatida koronavirus bemorlari rasmiy statistika bo‘yicha 2-3 kunda sog‘aymoqda. Bu yo mo‘jiza, yoki yolg‘on

    Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan ba’zi bemorlar kasallik qayd etilganidan 2–3 kun o‘tib sog‘ayishni boshladi. Hozircha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi erishgan yutuqlari bo‘yicha bong urgani yo‘q, ammo Sog‘liqni saqlash vazirligining har kunlik hisobotlarini taqqoslagan holda Toshkent viloyatida bemorlar juda ham tez davolanayotganini kuzatish mumkin.

    Bemorlarning tezda sog‘ayishi bo‘yicha raqamlar

    21-sentabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, SSV jadvali bo‘yicha Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar 9761 nafarni, tuzalganlar 9210 nafarni, vafot etganlar 67 nafar edi. Kasallik aniqlanganlar sonidan tuzalganlar va vafot etganlarni ayirib tashlasak, davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni kelib chiqadi — 484 nafar. Viloyatda 18-sentabrda 123 kishida, 19-sentabrda 122 kishida, 20-sentabrda 121 kishida va 21-sentabrda 131 kishida, jami 497 kishida COVID-19 qayd etilgandi. Bu kunlarda jami 8 kishi vafot etgan.

    17-sentabr 23:30 dan 21-sentabr 23:30 gacha Toshkent viloyati statistikalari qay darajada o‘zgargani bo‘yicha jadval.

    17-sentabr 23:30 dan 21-sentabr 23:30 gacha Toshkent viloyati statistikalari qay darajada o‘zgargani bo‘yicha jadval.
    Foto: SSV

    Agar kasallik aniqlanganlar sonidan (497) vafot etganlar sonini (8) ayirsak, 489 raqami chiqadi. Davolanishni davom ettirayotganlar soni 484 nafarni tashkil etayotgani inobatga olib, xomaki hisob-kitob qilinsa, go‘yo 18-sentabrdan oldin COVID-19 qayd etilganlarning barchasi sog‘ayib bo‘lganu-u, oxirgi 4 kun ichida koronavirusga chalinganlardan kamida 5 nafari sog‘ayishga ulgurgan bo‘lib chiqadi. Eng birinchi kasallanganlar birinchi bo‘lib tuzalgan deb faraz qilsak, ushbu 5 bemorda 18-sentabrda kasallik aniqlangan va ular oradan 3 kun o‘tib sog‘aygan.

    Boshqa kunlardagi raqamlarni ham solishtiramiz. 18-sentabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar 9387 nafarni, tuzalganlar 8837 nafarni, vafot etganlar 63 nafarni tashkil etayotgandi. Davolanishdagi bemorlar 487 nafar edi.

    14-sentabr 23:30 dan 18-sentabr 23:30 gacha Toshkent viloyati statistikalari qay darajada o‘zgargani bo‘yicha jadval.

    14-sentabr 23:30 dan 18-sentabr 23:30 gacha Toshkent viloyati statistikalari qay darajada o‘zgargani bo‘yicha jadval.
    Foto: SSV

    15-sentabrda 128, 16-sentabrda 126, 17-sentabrda 125 va 18-sentabrda 123, jami 502 kishida koronavirus qayd etildi. Bu kunlarda 9 kishi vafot etdi. 502-9-487=6. Go‘yo 15-sentabrgacha koronavirusga chalinganlarning barchasi 18-sentabr 23:30 gacha tuzalishga ulgurgan-u, 15—18-sentabrda virus qayd etilganlarning 6 nafari sog‘aygan.

    Toshkent viloyatida bemorlar nafaqat 3 kunda, balki bundan ham tezroq sog‘aygani bo‘yicha misollar bor. 14-sentabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida koronavirus qayd etilganlar 8885 nafarni, tuzalganlar 8428 nafarni va vafot etganlar 54 nafarni tashkil etayotgandi. Davolanayotganlar 403 nafar edi.

    11-sentabr 23:30 dan 14-sentabr 23:30 gacha Toshkent viloyati statistikalari qay darajada o‘zgargani bo‘yicha jadval.

    11-sentabr 23:30 dan 14-sentabr 23:30 gacha Toshkent viloyati statistikalari qay darajada o‘zgargani bo‘yicha jadval.
    Foto: SSV

    12-sentabrda 162, 13-sentabrda 143 va 14-sentabrda 130, jami 435 kishida koronavirus qayd etildi. Ushbu 3 kun ichida 3 nafar bemor vafot etdi. 435-3-403=29. Bu degani, 14-sentabr soat 23:30 gacha go‘yo 11-sentabr va undan oldin kasallikka chalinganlarning barchasi tuzalgan hamda 12-sentabr kuni COVID-19 qayd etilganlarning kamida 29 nafari oradan ikki kun o‘tib sog‘aygan.

    Ikki kunda 100 dan ortiq bemor sog‘aygani bo‘yicha misol. 12-sentabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida davolanayotgan bemorlar soni 389 nafar edi. 10-sentabrda 186, 11-sentabrda 182 va 12-sentabr 162, jami 530 kishida koronavirus qayd etilgan. 3 kun ichida 7 kishi vafot etgan. Demak, 10-sentabrda koronavirusga chalinganlardan 130 dan ortig‘i 2 kun ichida sog‘ayganlar safiga qo‘shilgan.

    9-sentabr 23:30 dan 12-sentabr 23:30 gacha Toshkent viloyati statistikalari qay darajada o‘zgargani bo‘yicha jadval.

    9-sentabr 23:30 dan 12-sentabr 23:30 gacha Toshkent viloyati statistikalari qay darajada o‘zgargani bo‘yicha jadval.
    Foto: SSV

    Bemorlarning 2–3 kunda davolanish tendensiyasi avgust o‘rtalaridan buyon davom etmoqda. Bir oy ichidagi istalgan 4 kunni olib, o‘zingiz ham taqqoslab bunga amin bo‘lishingiz mumkin.

    Koronavirusdan tuzalishga qancha muddat kerak?

    Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov aprel oyida COVID-19’dan tuzalish uchun qancha muddat kerakligi haqida gapirib o‘tgandi.

    “Bemorlar o‘rtacha 10–15 kun, ba’zida og‘ir hollarda bir oy davomida tuzaladi”, — degandi Oqilov.

    Bundan tashqari, Habibulla Oqilov iyul oyida koronavirusni uy sharoitida davolash shartlarini ma’lum qilgandi.

    Unga ko‘ra, simptomsiz, ya’ni kasallik alomatlarsiz kechayotgan, uyda davolanish uchun yetarli sharoit bor, deb hisoblangan bemorlar faqat qonni suyultiruvchi va immunitetni ko‘taruvchi dori vositalarini profilaktik ravishda qabul qilishi mumkin.

    Ular oilaviy poliklinikaning umumiy amaliyot shifokori tomonidan nazorat qilinadi. Tana harorati va boshqa shikoyatlarni bilish uchun har kuni belgilangan xodim telefon orqali bemor bilan bog‘lanib uning ahvolidan xabardor bo‘lishi kerak. Alomatsiz shakl bilan kasallangan bemorlar tuman va shaharlarda tashkil etilgan “mobil guruh” tomonidan saralanadi.

    Uyda kuzatuvda bo‘lgan bemorlar oila a’zolaridan yakkalanishi, jismoniy faollik, gigiyena talablarini barchasini vaqtida bajarishi, xonani tez-tez shamollatib turishi lozim ekanligi ta’kidlandi. Idish-tovoqlar bir marta ishlatiladigan yoki o‘zi uchun individual ajratiladi. Agar kuzatuv davrida: yo‘talish, tomoq qirilishi, ta’m yoki hid sezish buzilishi, tana harorati ko‘tarilsa, zudlik bilan oila shifokori yoki 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, shifoxonaga o‘tkaziladi.

    “Yashash sharoiti sanitariya-epidemiologik talablarga javob bermagan yoki yakkalash imkoniyati bo‘lmagan, 60 yoki undan yuqori yoshdagi, ortiqcha vazn, surunkali kasalliklar: gipertoniya, qandli diabet, yurak va qon-tomir kasalliklariga ega shaxslar bundan mustasno. Agar 10 kun davomida infeksiyaning klinik belgilari namoyon bo‘lmasa, bemorlar ro‘yxatdan chiqariladi”, — degandi Oqilov.

    Mutaxassislar koronavirus 80 foiz bemorlarda yengil kechishini ta’kidlagan. Lekin kasallik yengil kechayotgan bemorlarning barchasi ham 10—15 kun ichida to‘liq tuzalib ketavermaydi.

    Bu borada bir misolni keltiramiz. Toshkent viloyatida yashovchi “Daryo” xodimlaridan biri ayni vaqtda koronavirusdan davolanmoqda. Dastlab, koronavirus uning turmush o‘rtog‘ida 14-avgustda aniqlangan. 15-avgustdan boshlab “Daryo” xodimida ham kasallik alomatlari kuzatila boshlagan. Ularning ikkovi ham uyda davolangan. 10-sentabrda “Daryo” xodimi ilk bor test topshirgan va natija ijobiy chiqqan. Uning turmush o‘rtog‘i 16-sentabrda topshirgan takroriy testi yana bir bor ijobiy chiqdi. Demak, Toshkent viloyatida 40 kundan buyon COVID-19’dan tuzalmagan kamida bir kishi bor.

    Bu mo‘jizami yoki raqamlarni soxtalashtirish?

    Agar Toshkent viloyatida chindan ham bemorlar 2-3 kunda davolanayotgan bo‘lsa, bu, albatta, haqiqiy mo‘jiza bo‘ladi. Bunday natijalar bilan hatto tibbiyot turizmini yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi. Koronavirus avvalgidek qo‘rqinchli bo‘lmay qoladi. Lekin hozircha Toshkent viloyatilik shifokorlar koronavirusni davolashda “inqilob” qilgani haqida bayonot bergani yo‘q.

    Raqamlarni soxtalashtirish masalasiga kelsak, COVID-19’dan tuzalmagan bemorni sog‘ayganligi to‘g‘risida hujjatlar soxtalashtirilishi bo‘yicha kamida bir misol mavjud. Ushbu holat aynan Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan. Reanimatolog Farrux Rustamov Zangiotadagi ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida ko‘ngilli sifatida ishlayotganida kasallikni yuqtirib olgan. U Chirchiq shahrida joylashgan viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Rustamov o‘zi reanimatolog bo‘lgani uchun jonlantirish bo‘limida kerakli muolajalar ko‘rsatilmagani sabab, u o‘z huquqini talab qilganida shifoxona bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva: “Bu mahmadona ekan, ruhiy kasal bo‘lib qolibdi”, deb, uni viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yuborish harakatiga tushib qolgan.

    Dispanser koronavirusga chalingan bemorni qabul qilishdan bosh tortgach, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida Farrux Rustamov nomiga yuritilgan kasallik tarixiga bemor COVID-19 kasalligidan to‘liq tuzalganligi haqida soxta ma’lumot kiritilgan va ahvoli og‘irligiga qaramay, Guljahon Yo‘ldoshevaning ko‘rsatmasi bilan viloyat Ruhiy kasalliklari dispanseriga yuborilgan. Koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashmagan dispanserga kislorod yetkazib beruvchi moslama olib kelingunicha Farrux Rustamovning joni uzilgan.

    Viloyatda koronavirus bo‘lgani aniqlangan bemorlar 2-3 kunda qayta test topshirganiga ishonish qiyin, qisqa muddatda ular tuzalib qolishini aytmasa ham bo‘ladi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev yaqinda “vazirlik raqamlarni yashirishdan umuman manfaatdor emas”ligini aytgandi. Ammo Toshkent viloyati statistikasida keltirilgan raqamlarni solishtirganda, kimdir kasallanganlar va sog‘ayganlar o‘rtasidagi “balansni saqlash” uchun raqamlarni “chizib o‘tirgandek” tasavvur uyg‘onadi.

    Yuqoridagi misollardan tashqari, yana quyidagilarni keltirib o‘tish o‘rinli. 18—21-sentabr oralig‘ida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni ham, tuzalganlar soni ham 497 tani tashkil etdi.

    Shuningdek, 1—10-sentabr kunlari Toshkent viloyatida har kuni 93—98 nafar oralig‘ida bemorlar sog‘ayayotgandi. Sentabrning dastlabki 9 kunida viloyatda 88—105 oralig‘ida yangi bemorlar aniqlanayotgandi. 10-sentabr kuni Toshkent viloyatida bemorlar soni birdaniga o‘sib, 186 nafarga yetdi. 11-sentabr kuni esa viloyatda tuzalganlar soni ham keskin ko‘payib, 157 nafar bemor sog‘aygandi.

    Koronavirus bo‘yicha xalqaro statistikalarni yuritayotgan Jons Hopkins universiteti va Worldometers portali ham O‘zbekiston statistikasini mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari asosida butun dunyoga ko‘rsatib bormoqda. Agar raqamlarda qandaydir soxtalashtirishlar bo‘lsa, demak, bu bilan butun dunyoga yolg‘on ma’lumot berilmoqda.

    SSV va Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bemorlar qay tariqa 2-3 kunda davolanayotgani bo‘yicha izoh berishi yoki koronavirusdan davolashning “mo‘jizaviy retsepti”ni oshkor qilishi maqsadga muvofiqdir. Agar kimdir raqamlarni soxtalashtirgan bo‘lsa, tegishli vakolatli organlar bu bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishi lozim. Har holda, bir bemorning hujjatlarini soxtalashtirgan bosh shifokor boshqa bemorlarning ham hujjatlariga soxta ma’lumot kiritmaganligiga, boshqa shifoxonalarda ham shunday holatlar yuz bermaganiga kafolat yo‘q.

    O‘zbekiston Prezidenti 28-avgustdagi yig‘ilishda haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirgan edi. O‘shanda bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangan edi. Kimdir jinoyatga qo‘l urib, raqamlarni soxtalashtirgan bo‘lsa, buning uchun jazosini olishi kerak.

    22.09.2020, 16:06   Izoh (0)   90904
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bo‘stonliqda yonma-yon joylashgan 7 ta uy yonib ketdi

    22.09.2020, 15:58

    Ichki ishlar vazirining o‘g‘li Boboxon Bobojonov “Qishloq qurilish bank” boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

    22.09.2020, 15:32

    Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi intellektual mulk huquqlarini buzgan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini e’lon qildi

    22.09.2020, 15:10

    O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

    22.09.2020, 14:59

    Farg‘onada 2 ayoldan 4 mln so‘mdan ortiq pul olgan soxta DXX xodimi ushlandi

    22.09.2020, 14:36

    Video: Samaradagi vatanga qaytish uchun navbat kutayotgan o‘zbek muhojirlari lageri

    22.09.2020, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

    Reklama | 17 iyun, 09:00

    O‘zbekistonda haydovchilar uchun ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritiladi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 08:54

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” va “Flamengo”dan g‘alaba, “Boka Xuniors” — “Benfika” bahsida jangovor durang qayd etildi (video)

    Sport | 17 iyun, 08:50

    Eron AQSH va Isroildan zudlik bilan hujumlarni to‘xtatib, muzokara boshlashni so‘radi — OAV

    Dunyo | 17 iyun, 08:39

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    O‘zbekiston | 17 iyun, 00:10

    O‘zbekiston TIV Eron va Isroildagi vatandoshlarga harbiy hamda boshqa davlat obyektlariga yaqinlashmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 23:59

    Hindistonda erkak smartfoniga chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 23:40

    “Isroil G‘arbning cheksiz qo‘llab-quvvatlashi tufayli Eronga hujum qildi” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 16 iyun, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.