Ekspertlar 2013-yildan 2020-yilga qadar yaratilgan eng yaxshi videoo‘yinlar reytingini tuzib chiqdi. Birinchilik Yaponiyaning Nintendo platformasiga nasib etdi — The Legend of Zelda: Breath of the Wild. O‘yin dasturchilari, tanqidchilar va jurnalistlardan iborat hakamlar hay’ati ushbu davr mobaynida yaratilgan o‘zining eng yaxshi beshta o‘yini nomini ro‘yxatga kiritgan, deb yozadi Eurogamer.

Foto: Pixabay

Ikkinchi o‘rin 2015-yilning martida taqdim etilgan RPG Bloodborne videoo‘yiniga nasib etgan. Uchinchi o‘ringa 2019-yilning oktabrida chiqarilgan The Outer Worlds ilmiy-fantastik o‘yini munosib ko‘rilgan.

Adjey Sapkovskiyning “Vedmak” fentezi-sagasi asosida yaratilgan mashhur The Witcher 3: Wild Hunt o‘yini esa o‘n yillikning eng mashhur videoo‘yinlari reytingidagi kuchli o‘ntalikka yakun yasagan.

Avvalroq butun dunyoda karantin tufayli videoo‘yinlar savdosi rekord darajani qayd etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.