Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 1-turida “Milan” 21-sentabr, dushanba kuni “Bolonya”ni qabul qildi.

Foto: Goal

Foto: Goal

Uchrashuvning 35-daqiqasida Zlatan Ibragimovich Teo Ernandesning uzatmasini golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Zlatan penaltini aniq ijro etgan holda dublini nishonladi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va milanliklar mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

“Milan” keyingi turda “Krotone” mehmoni bo‘ladi, “Bolonya” esa “Parma”ni qabul qiladi.

A Seriya

1-tur bahsi

21-sentabr, dushanba

“Milan” — “Bolonya” 2:0

Gollar: 1:0 – 35 Ibragimovich, 2:0 – 51, penalti Ibragimovich.

“Milan”: Donnarumma, Teo, Kyer (Leo Duarte, 72), Kalabriya, Gabbiya, Kessie (Tonali, 77), Bennaser (Krunich, 86), Chalxono‘g‘lu (Brahim Dias, 71), Kastilyexo (Salemakers, 46), Rebich, Ibragimovich.

“Bolonya”: Skorupski, Deyks, Larangeyra, Tomiyasu, de Silvestri, Sxauten, Soriano (Svanberg, 80), Dominges (Sansone, 57), Orsolini (Olsen, 57), Palasio (Santander, 80), Barrou (Vinyato, 83).

Ogohlantirishlar: Dominges (18), Deyks (31), Kastilyexo (40), Tomiyasu (74), Sansone (81), Krunich (86).

Chetlatish: Deyks (88).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Mahalliy
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi neytral hududda qamishzor yoqib yuborildi (video)