• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda aholi punktida avtomobil magnitofoni ovozini baland qilib qo‘yganlik uchun jarima joriy etiladi

    Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

    Loyiha Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-sentabrdagi 12-14-16/1-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

    Qayd etilishicha, respublika hududida avtotransport vositalari sonining keskin ortishi bilan bir qatorda, ayrim haydovchilar tomonidan aholi punktlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalaridan ovozini baland qilib foydalanishi hollari ham uchramoqda. Bunday harakatlar fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda 6466 nafar, 2019-yilda 9911 nafar hamda 2020-yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida 8763 nafar (jami 25 140 nafar) transport vositalari haydovchilari belgilanmagan joylarda faqatgina tovush signalini sababsiz berishi va transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi qurilmalarni o‘rnatishi bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni sodir etgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalarida avtomobil salonida tovush balandligi 85 detsibeldan (dB) baland bo‘lmasligi hamda ko‘pi bilan 8 soat tinglash tavsiya etilgan. Shu bilan bir qatorda, tovush balandligi 90 dB bo‘lganda 2,5 soat, 95 detsibelda 47 daqiqa, 100 detsibelda 15 daqiqa, 105 detsibelda 4 daqiqa, 115 detsibelda 28 soniya, 120 detsibelda 9 soniyadan ortiq tinglash inson salomatligiga salbiy ta‘sir qilish va karlikka sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etiladi.

    Loyihada Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasining birinchi qismiga qo‘shimchalar kiritilib, ushbu modda quyidagi tahrirda bayon etilmoqda:

    “Tovush signalini sababsiz berish, aholi punkti yerlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalaridan ovozini baland qilib foydalanish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish” so‘zlari bilan to‘ldirilmoqda.

    Mazkur modda birinchi qismining sanksiyasidagi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarima uch baravari miqdoriga o‘zgartirilmoqda.

    Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy choralarni kuchaytirish, haydovchilarning transport vositasini boshqarish jarayonida transport vositalari haydovchilari bilan munosabatdagi o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi.

    Yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta‘minlash bilan bog‘liq faoliyatning ta’sirchanligini oshiradi.

    Fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishlariga hamda inson salomatligiga salbiy ta’sir qilish omillarini kamaytiradi.

    Xorijiy tajribani o‘rganish transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy qat’iy jazo choralari qo‘llanilishini ko‘rsatmoqda. Masalan, Singapurda belgilanmagan joylarda tovush signallarini sababsiz berish 1,5 ming mahalliy dollarda (5,4 million so‘m) jarima jazosi qo‘llanilishi belgilangan.

    Rossiyada 2020-yil avgustda qonunchilikka mazkur sohadagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni sezilarli darajada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar taklif etilib, unga muvofiq, aholi hamda belgilanmagan joylarda sababsiz tovush signallarini berish uchun ma’muriy jarima miqdori 10 baravarga oshirilib, 10 ming rublga (1,370 million so‘m atrofida) belgilanishi ko‘zda tutilgan.

    Qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Davlat budjetidan qo‘shimcha xarajatlar talab qilmaydi.

    “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida fuqarolardan avtotransport vositasining sug‘urtasi yo‘qligi tufayli avtotransport egasiga ma’muriy jarima qo‘llagan holda avtotransport vositasini jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqidagi taklif bilan murojaat qilingan va mazkur murojaat portalda 10 000 dan ortiq ovoz to‘plagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • Toshkent shahrida svetaforlarning tunda ishlash vaqtini uzaytirish taklif qilinmoqda
    • O‘zbekistonda yuridik shaxslarning avtomobil haydashda malaka oshirish talabini bekor qilish taklif etildi

    19.09.2020, 10:16   Izoh (0)   36433
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    XTV: “Maktab ta’tillari vaqtini o‘zgartirish rejalashtirilmagan”

    19.09.2020, 09:15

    O‘zbekistonda 8 oyda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 135 trln so‘mni tashkil etdi

    19.09.2020, 08:14

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi aviayo‘nalish ochish rejalashtirilmoqda

    19.09.2020, 07:39

    Shavkat Mirziyoyev hokimlarga koronavirus bilan bog‘liq qishki vaziyatga tayyorlanish uchun bir hafta muddat berdi

    19.09.2020, 07:09

    O‘zbekiston va Kuba sog‘liqni saqlash sohasi rasmiylari COVID-19’ga qarshi dorilar masalasida muzokara o‘tkazdi

    19.09.2020, 06:54

    Shavkat Mirziyoyev: “Agar ichimlik suvini joyiga qo‘ymasak, odamlar bizdan rozi bo‘lmaydi”

    19.09.2020, 06:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Trampning sabr kosasi to‘lmoqda” — AQSH davlat kotibi

    Dunyo | 27 iyul, 11:53

    Mo‘ynoqdagi kondan ham gaz sizib chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:38

    O‘zbekistonning ayrim joylarida hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:25

    Toshkentdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilib, elektr ta’minotidan uzildi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:50

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.