Istanbulda Baykar Defense kompaniyasi birinchi bor Turkiyada yaratilgan Cezeri uchar avtomobilini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar beradi Global News.
Ta’kidlanishicha, Cezeri prototipi 10 metr balandlikka ko‘tarilgan. Biroq avtomobil takomillashtirilganidan so‘ng 2 ming metrgacha ko‘tarilib, soatiga 100 kilometr tezlikda harakatlana oladi.
Kompaniyadagilarning hisoblashicha, mashina 10-15 yildan so‘ng bozorda paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, keyingi sinovlarda uchar mashina bortida haydovchi bo‘ladi.
Avvalroq Yaponiyadagi SkyDrive startapining uchar qurilmasi ham deyarli tayyor bo‘lib, SD-03 nomli uchar avtomobil modeli muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan edi. Shuningdek, Isroilda ham uchar avtomobil prototipi yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)