O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yilda uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Xalq So‘zi Online”

Unga ko‘ra, 2019-yilda nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar ulushi 33,1 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari 45,9 foizni, turli xizmatlarga xarajatlar esa 21 foizni tashkil etgan.

Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2019-yilda o‘rtacha har 100 ta uy xo‘jaligiga 47 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan. 2017 va 2018-yillarda ushbu ko‘rsatkich 44 taga teng bo‘lgan

Shuningdek, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 160 ta, kompyuterlar soni esa 55 tani tashkil etgan.

Bundan tashqari, kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligidagi aholiga 282 ta telefon apparati to‘g‘ri kelgani ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq UzAuto Motors yetti oyda o‘tgan yilga nisbatan 22 ming dona ko‘p avtomobil chiqargani to‘g‘risida xabar berilgandi.