UEFA matbuot xizmati 2019/20-yilgi Chempionlar Ligasining eng yaxshi uch hujumchisini aniqladi.

Foto: Twitter

Endilikda Robert Levandovski (“Bavariya”), Kilian Mbappe va Neymar (ikkalasi ham PSJ) musobaqaning eng yaxshi forvardi unvoni uchun kurash olib boradi.

G‘olib 1-oktabr kuni Chempionlar Ligasining 2020/2021-yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimida aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumida “Bavariya” PSJni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!