• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 17-sentabr kuni 599 kishida koronavirus aniqlandi. COVID-19 oqibatida 11 yoshli bola vafot etdi

    O‘zbekistonda 16-sentabr soat 23:30 dan 17-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 599 ta holat qayd etildi. Bu so‘nggi 7 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 49761 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,2 foizi 17-sentabrga to‘g‘ri keldi.

    SSV hisobi bo‘yicha 415, “Daryo” hisobi bo‘yicha 433 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 415, “Daryo” hisobi bo‘yicha 433 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 599 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 323 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 125 nafar;
    • Namangan viloyatida — 94 nafar;
    • Andijon viloyatida — 14 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 11 nafar;
    • Sirdaryo viloyatida — 9 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 7 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 7 nafar;
    • Surxondaryo viloyatida — 6 nafar;
    • Xorazm viloyatida — 3 nafar.
    Kun davomida 10 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Oxirgi 10 kunda kunlik kasallanish holatlari nazorat ko‘rsatkichidan baland bo‘lmoqda.

    Toshkent shahrida 323 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda sentabr oyida eng kam kasallik aniqlangan kunda 109 ta (3-sentabr), eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda 510 ta (11-sentabr) yangi holat ro‘yxatga olindi. Sentabrning 17 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 4620 nafarga ko‘paydi. Bu Samarqand, Andijon va Namangandagi barcha bemorlarning (4621) soniga deyarli teng deganidir. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 30172 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,6 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 10-sentabr kuni 186 kishida COVID-19 aniqlanganidan so‘ng kunlik kasallanish holatlari pasaymoqda: 11-sentabrda 182, 12-sentabrda 162, 13-sentabrda 143, 14-sentabrda 130, 15-sentabrda 128, 16-sentabrda 126 va 17-sentabrda 125 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabrning o‘zida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 2059 nafarga ko‘paydi. Solishtirish uchun SSV jadvalidagi 14 ta hududdan 12 tasining hech birida pandemiya davrida buncha kasallanish holati aniqlanmagan.

    17-iyuldan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyatining ko‘rsatkichlarini Toshkent shahridan alohida bera boshlagandi. O‘shanda viloyatda 1678 nafar bemor aniqlangan edi, butun O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlarining 10,75 foizi Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelardi. Ikki oy ichida Toshkent viloyatida kasallikka chalinganlar 5,5 baravardan ham oshib ketdi. Hozirda viloyatda kasallanganlar soni 9264 nafarga yetgan, bu O‘zbekiston bo‘yicha virusga chalinganlarning 18,6 foiziga teng.

    Namangan viloyatida 94 kishida koronavirus qayd etildi. Koronavirus aniqlanishi bo‘yicha viloyat antirekordi bir kun ichida yangilandi. 16-sentabr kuni Namanganda 92 kishida COVID-19 aniqlangandi. Sentabr oyining 13 kunida Namanganda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 346 kishiga ko‘paydi. Viloyatda kasallanganlar soni 1255 nafarga yetdi. Namangan bo‘yicha koronavirusga chalinish holatlarining 14,8 foizi oxirgi ikki kunga to‘g‘ri keldi.

    Andijon viloyatida 14 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 15 kundan buyon uzluksiz ravishda kasallanish holatlari qayd etilmoqda. Ushbu 15 kun ichida viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 167 nafarga ko‘paydi va Andijonda kasallanganlarning umumiy soni 1377 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,76 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Samarqand viloyatida 11 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda faqat 2, 8 va 14-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida kasallanganlar soni 271 nafarga ko‘paydi. Samarqandda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1989 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 4 foizi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi.

    Sirdaryo viloyatida 9 kishida koronavirus aniqlandi. Sirdaryoda ketma-ket ikkinchi kun yangi kasallanish holati qayd etildi. 17-iyuldan boshlab SSV Sirdaryo viloyatining statistikasini Toshkentdan alohida berishni boshladi. O‘sha kungacha viloyatda kasallanganlar soni 213 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, ortda qolgan 2 oy ichida Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 578 kishiga ko‘paydi va hozirda 791 nafarni tashkil etmoqda.

    Qashqadaryo viloyatida 7 kishida kasallik qayd etildi. Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni hozirda 1056 nafarga yetdi. Sentabrning 13 kunida viloyatda yangi holatlar ro‘yxatga olindi. SSV bu kunlarda jami 102 kishida koronavirus qayd etilganini ma’lum qilmoqda. Ammo “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ani Himmatov Qashqadaryoda 855 nafar maktab xodimida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. Uning o‘zi ham koronavirusdan davolanmoqda. Viloyat Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Sobir Murodov o‘qituvchilarning 41 nafarida 14-sentabr kuni kasallik aniqlanganini qo‘shimcha qilgandi. Ammo 15-sentabr kuni SSV Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining bayonotini e’lon qildi, unda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga chalingani rad etilgan. Vazirlik kanalida e’lon qilingan xabarda 855 nafar maktab xodimi virus yuqtirganlikda gumonlangani aytilib, ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligi alohida ta’kidlanadi va bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishiga va’da qilinadi.

    Farg‘ona viloyatida 7 kishida COVID-19 aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda faqat 6, 8, 10, 13 va 16-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida Farg‘onada kasallanganlar soni 44 kishiga ko‘paydi. Farg‘onadagi jami kasallanganlar soni 372 nafarni tashkil etmoqda. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 0,75 foiziga tengdir. 15-sentabr kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Avazbek Madaminovich G‘aniyev 62 yoshida vafot etdi. Avvalroq Avazbek G‘aniyevning koronavirusdan davolanayotganligi haqida xabarlar tarqalgan, biroq viloyat hokimligi axborot xizmati uning pnevmoniya xastaligi va yuqumsiz bo‘lgan boshqa hamroh kasalliklar bilan davolanayotganini ma’lum qilgandi. Avazbek Madaminovich G‘aniyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning otasi, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi edi.

    Surxondaryo viloyatida 6 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda sentabr oyida birinchi marta toq kunda yangi bemorlar ro‘yxatga olindi. Bungacha sentabr oyida faqat oxirgi 6 juft sanada kasalliklar qayd etilgandi: 6-sentabrda 9 ta, 8-sentabrda 1 ta, 10-sentabrda 5 ta, 12-sentabrda 5 ta, 14-sentabrda 8 ta va 16-sentabrda 7 ta. Surxondaryoda hozirda koronavirusga chalinganlar soni 672 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 1,35 foizi Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Xorazm viloyatida 3 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda avgust oyida faqat 9 kunda yangi kasallanish holatlari aniqlangandi. Sentabrning 17 kunining 9 tasida Xorazmda yangi kasallanganlar aniqlanib bo‘lindi. Oy davomida COVID-19 qayd etilganlar soni 66 nafarga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 536 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 1,07 foizi Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 3 nafar, Toshkent viloyatida ham 3 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Shuningdek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakili ham COVID-19 qurboni bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 64 yoshli K.E. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 56 yoshli G.Sh. ismli ayol vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyatida yashagan 59 yoshli E.N. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashagan 69 yoshli B.T. ismli erkak vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakili, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Dildora Umarova koronavirus infeksiyasidan vafot etdi.

    Foto: “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

    “Daryo” manbalari Dildora Umarovaning koronavirus bilan kasallanish oqibatida vafot etganini tasdiqladi.

    Dildora Umarova 1966-yilda tug‘ilgan. U 2018-yildan buyon Yashnobod tumanidagi 149-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Dildora Umarova “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputatligiga saylangan edi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha deputatning koronavirusdan vafot etgani bo‘yicha ma’lumot bermagan.

    Oltinchi o‘lim. Toshkent viloyati Angren shahrida yashagan 44 yoshli X.T. ismli erkak vafot etgan.

    Yettinchi o‘lim. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashagan 11 yoshli M.U. ismli o‘g‘il bola vafot etdi. U O‘zbekistonda koronavirusning eng yosh qurboni bo‘ldi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus oqibatida biron marta ham voyaga yetmaganlar vafot etmagandi.

    Mavzuga doir: Habibulla Oqilov O‘zbekistonda 14 yoshli bola koronavirusdan vafot etganini aytgandi. Buning (rasman) yolg‘onligi isbotlanishi uchun ikki oy kerak bo‘ldi

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 415 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 433 nafarni tashkil etmoqda.

    SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

    • 9 va 15-iyul kunlari Olmaliq shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayol;
    • DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimi Adhamjon Dehqonov;
    • Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov;
    • Chilonzor tumani SEOM bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova;
    • Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov;
    • Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov;
    • Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov;
    • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti Janabay Utepbergenov;
    • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev;
    • “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko;
    • Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev;
    • Shifokor Farrux Rustamov;
    • Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabborov;
    • IIV podpolkovnigi Abdurahmon Pardiyev;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonov;
    • “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakili, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Dildora Umarova.
    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan. 16-sentabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshda vafot etdi. “Daryo” manbalari uning koronavirusdan davolanayotgan bo‘lganini ma’lum qildi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3254 nafar bemordan 478 nafari og‘ir, 269 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 747 nafarni tashkil etmoqda. Bu oxirgi 30 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 22,9 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    17-sentabr kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida 618 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu so‘nggi 20 kun ichida eng ko‘p bemor sog‘aygan kun bo‘ldi. Shuningdek, sentabr oyida oltinchi marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan ortiq bo‘ldi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 426 nafari Toshkent shahrida;
    • 109 nafari Toshkent viloyatida;
    • 50 nafari Namangan viloyatida;
    • 9 nafari Andijon viloyatida;
    • 6 nafari Sirdaryo viloyatida;
    • 5 nafari Farg‘ona viloyatida;
    • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 4 nafari Xorazm viloyatida;
    • 3 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 49 761 nafar bemordan 46 092 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92,6 foizni tashkil etmoqda.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 3254 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 10 kun ichida birinchi marta davolanayotgan bemorlar soni kamaydi. Bir kun oldin davolanishdagi bemorlar soni 3279 nafarni tashkil etayotgandi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 2028 nafar. Farg‘onada 12, Navoiyda 12, Qoraqalpog‘istonda 18, Jizzaxda 21, Surxondaryoda 27, Xorazmda 37, Buxoroda 38, Sirdaryoda 48, Qashqadaryoda 72, Andijonda 109, Samarqandda 131, Namanganda 209 va Toshkent viloyatida 492 nafar bemor qoldi.

    17.09.2020, 23:54   Izoh (0)   238563
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan shaxs Qashqadaryoda qo‘lga olindi

    17.09.2020, 23:48

    Toshkentda 18-sentabr kuni yomg‘ir kutilayotgani sababli TDYuU qoshidagi akademik litseyga kirish imtihonlari 20-sentabrga qoldirildi

    17.09.2020, 23:35

    O‘zbekiston 1-oktabrdan guruh bo‘lib keladigan xorijlik sayyohlarni qabul qilishni boshlaydi

    17.09.2020, 22:57

    O‘zbekiston 1-oktabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temiryo‘l va avtoyo‘l qatnovlarini tiklaydi

    17.09.2020, 22:45

    Aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar karantinni o‘z uyida o‘taydi

    17.09.2020, 22:09

    O‘zbekistonda avgust oyida ko‘proq Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi

    17.09.2020, 21:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.