• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 16-sentabr kuni 597 kishida koronavirus aniqlandi. Olti bemor vafot etdi

    O‘zbekistonda 15-sentabr soat 23:30 dan 16-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 597 ta holat qayd etildi. Bu so‘nggi 6 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 49162 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,2 foizi 16-sentabrga to‘g‘ri keldi.

    SSV hisobi bo‘yicha 409, “Daryo” hisobi bo‘yicha 426 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 409, “Daryo” hisobi bo‘yicha 426 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 597 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 310 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 126 nafar;
    • Namangan viloyatida — 92 nafar;
    • Sirdaryo viloyatida — 19 nafar;
    • Buxoro viloyatida — 14 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 10 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 9 nafar;
    • Surxondaryo viloyatida — 7 nafar;
    • Andijon viloyatida — 5 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 3 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 2 nafar.
    Kun davomida 11 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Faqat Jizzax, Farg‘ona va Xorazmda yangi bemorlar aniqlanmadi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Oxirgi 9 kunda kunlik kasallanish holatlari nazorat ko‘rsatkichidan baland bo‘lmoqda.

    Toshkent shahrida 310 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda sentabr oyida eng kam kasallik aniqlangan kunda 109 ta (3-sentabr), eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda 510 ta (11-sentabr) yangi holat ro‘yxatga olindi. Sentabrning 16 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 4297 nafarga ko‘paydi. SSV jadvalidagi 14 ta hududdan 12 tasida epidemiya mavsumida hali buncha bemor aniqlanmagan. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 29849 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,7 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 10-sentabr kuni 186 kishida COVID-19 aniqlanganidan so‘ng kunlik kasallanish holatlari pasaymoqda: 11-sentabrda 182, 12-sentabrda 162, 13-sentabrda 143, 14-sentabrda 130, 15-sentabrda 128 va 16-sentabrda 126 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabrda Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 1934 nafarga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 9139 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 18,6 foiziga tengdir.

    Namangan viloyatida 92 kishida koronavirus qayd etildi. Bu viloyat uchun antirekord hisoblanadi. Sentabr oyining 12 kunida Namanganda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 252 kishiga ko‘paydi. Viloyatda kasallanganlar soni 1161 nafarga yetdi. Namangan viloyati koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Buxorodan ham o‘tib ketdi. Ikki kun oldin Namangan viloyati Qashqadaryoni ortda qoldirgandi.

    Sirdaryo viloyatida 19 kishida koronavirus aniqlandi. Sirdaryo viloyati bugungi kungacha sentabr oyida koronavirus qayd etilmagan yagona viloyat bo‘lib turgandi. SSV Sirdaryoda sentabrda yangi kasallanish holatlari haqida xabar bermagan bo‘lsa ham, 8-sentabr kuni Sirdaryoga ikkita yangi kasallanish holatini qo‘shib qo‘ydi. Shu kuni aslida Navoiyda 2 kishi koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi, lekin bu bemorlar Navoiy o‘rniga Sirdaryoga qo‘shilgandi. Oradan 1 haftadan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, vazirlik bu kamchilikni bartaraf etmadi. SSV jadvali bo‘yicha Sirdaryoda koronavirusga chalinganlar soni 782 nafarga yetgan.

    Buxoro viloyatida 14 kishida koronavirus qayd etildi. SSV ma’lumotlari bo‘yicha sentabr oyida viloyatda kasallikka chalinganlar soni 58 nafarga ko‘paydi. Ammo 13-sentabr kuni o‘tkazilgan brifingda Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyeva viloyatda 239 nafar o‘qituvchi va maktab xodimi koronavirusga chalinganini ma’lum qilgandi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev esa bu xabarni rad etib, maktab xodimlarining testi birlamchi ekanligi, ulardan qayta test olinishini bildirgandi. Hozirda Buxoroda koronavirusga chalinganlar soni rasman 1104 nafarni tashkil etmoqda.

    Qashqadaryo viloyatida 10 kishida kasallik qayd etildi. Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni hozirda 1049 nafarga yetdi. Sentabrning 12 kunida viloyatda yangi holatlar ro‘yxatga olindi. SSV bu kunlarda jami 95 kishida koronavirus qayd etilganini ma’lum qilmoqda. Ammo “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ani Himmatov Qashqadaryoda 855 nafar maktab xodimida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. Uning o‘zi ham koronavirusdan davolanmoqda. Viloyat Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Sobir Murodov o‘qituvchilarning 41 nafarida 14-sentabr kuni kasallik aniqlanganini qo‘shimcha qilgandi. Ammo 15-sentabr kuni SSV Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining bayonotini e’lon qildi, unda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga chalingani rad etilgan. Vazirlik kanalida e’lon qilingan xabarda 855 nafar maktab xodimi virus yuqtirganlikda gumonlangani aytilib, ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligi alohida ta’kidlanadi va bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishiga va’da qilinadi.

    Samarqand viloyatida 9 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda faqat 2, 8 va 14-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida kasallanganlar soni 260 nafarga ko‘paydi. Samarqandda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1978 nafarga yetdi. Viloyatda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida Jomboy, Payariq, Urgut va Nurobod tumanlarining o‘zida koronavirusga test topshirgan kamida 180 nafar maktab xodimida COVID-19 qayd etilgan.

    Surxondaryo viloyatida sentabr oyida faqat oxirgi 6 juft sanada kasalliklar qayd etilmoqda: 6-sentabrda 9 ta, 8-sentabrda 1 ta, 10-sentabrda 5 ta, 12-sentabrda 5 ta, 14-sentabrda 8 ta va 16-sentabrda 7 ta. Surxondaryoda hozirda koronavirusga chalinganlar soni 666 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 1,35 foizi Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Andijon viloyatida 5 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda ikki haftadan buyon uzluksiz ravishda kasallanish holatlari qayd etilmoqda. Ushbu 14 kun ichida viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 153 nafarga ko‘paydi va Andijonda kasallanganlarning umumiy soni 1363 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,77 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 kishida koronavirus aniqlandi.  Respublikada oxirgi 29 kun ichida 15 marta yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu kunlarda biron marta yangi bemorlar soni 8 nafardan oshmadi. Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 480 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha kasallikka chalinganlarning 0,97 foiziga teng deganidir.

    Navoiy viloyatida 2 kishida koronavirus aniqlandi. SSV jadvali bo‘yicha viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 519 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 1,05 foiziga teng deganidir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli X.M. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli Sh.Sh. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashagan 69 yoshli A.X. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 65 yoshli Yu.I. ismli erkak vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 80 yoshli A.K. ismli ayol vafot etgan.

    Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashagan 62 yoshli M.G. ismli ayol vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 409 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 426 nafarni tashkil etmoqda.

    SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

    • 9 va 15-iyul kunlari Olmaliq shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayol;
    • DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimi Adhamjon Dehqonov;
    • Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov;
    • Chilonzor tumani SEOM bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova;
    • Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov;
    • Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov;
    • Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov;
    • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti Janabay Utepbergenov;
    • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev;
    • “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko;
    • Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev;
    • Shifokor Farrux Rustamov;
    • Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabborov;
    • IIV podpolkovnigi Abdurahmon Pardiyev;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonov.
    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan. 16-sentabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshda vafot etdi. “Daryo” manbalari uning koronavirusdan davolanayotgan bo‘lganini ma’lum qildi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3279 nafar bemordan 469 nafari og‘ir, 259 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun avval ham ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 728 nafarni tashkil etayotgandi. Faqat 15-sentabrda 483 kishining ahvoli og‘ir, 245 kishining ahvoli o‘ta og‘ir edi. Bir kun ichida ahvoli o‘ta og‘irlar soni oshganini ko‘rish mumkin. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlardan 22,2 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    16-sentabr kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida 416 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 283 nafari Toshkent shahrida;
    • 62 nafari Toshkent viloyatida;
    • 18 nafari Namangan viloyatida;
    • 16 nafari Buxoro viloyatida;
    • 11 nafari Andijon viloyatida;
    • 9 nafari Samarqand viloyatida;
    • 7 nafari Sirdaryo viloyatida;
    • 5 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 49 162 nafar bemordan 45 474 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda. 27-avgustdan so‘ng birinchi marta davolanish ko‘rsatkichi 92 foizga tushdi. 5—9-sentabr kunlari davolanish ko‘rsatkichi pandemiya davrida ilk marta 94 foizga chiqqandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 3279 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. Bu so‘nggi 22 kun ichidagi eng yuqori natija. To‘qqiz kun avval davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni 2027 nafarni tashkil etayotgandi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 2134 nafar. Farg‘onada 10, Navoiyda 12, Qoraqalpog‘istonda 19, Jizzaxda 21, Surxondaryoda 24, Buxoroda 38, Xorazmda 38, Sirdaryoda 45, Qashqadaryoda 70, Andijonda 104, Samarqandda 120, Namanganda 165 va Toshkent viloyatida 479 nafar bemor qoldi.

    Namanganda bir kunda 92 kishida koronavirus qayd etilgach viloyat davolanishni davom ettirayotganlar soni bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqib oldi.

    16.09.2020, 23:56   Izoh (0)   102113
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuratura: “Andijonda fuqaroni o‘lar darajada qiynoqqa solish holati bo‘yicha jinoyat ishi oktabrgacha sudga yuboriladi”

    16.09.2020, 23:36

    “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

    16.09.2020, 22:46

    O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tibbiyot oliygohi va onkologiya markazi tashkil etiladi

    16.09.2020, 22:35

    Ta’mirlash ishlari sababli Sergelidagi Sofdil ko‘chasining bir qismi 2 haftaga yopiladi

    16.09.2020, 22:23

    Arnasoy tumaniga yangi hokim tayinlandi

    16.09.2020, 22:10

    “Andijon hududiy elektr tarmoqlari”ning “ertasi” ko‘p, Marhamatdagi mas’ullar esa birovning simyog‘ochini boshqaga “kiydirib ketdi”

    16.09.2020, 21:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.