• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy bank raisi: “2023-yilga borib O‘zbekistonda kredit foiz stavkalari 5-10 foizga tushishi mumkin”

    O‘zbekistonda 2023-yilga borib kredit foiz stavkalari 5-10 foizga tushishi mumkin. Buning uchun inflyatsiya darajasi 5 foizga tushishi kerak bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodov O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Markaziy bank rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foiz etib belgilangani kredit foiz stavkalarining pasayishida muhim omil bo‘lmoqda. Milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 20,6 foizgacha pasaydi.

    Xususan, yuridik shaxslar kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari 2020-yil boshidagi 24,3 foizdan 19,5 foizgacha, jismoniy shaxslar kreditlari bo‘yicha esa yil boshidagi 28,1 foizdan 22,3 foizgacha pasaydi. “5-10 foiz bo‘lishi uchun inflyatsiya 5 foizga tushishi kerak bo‘ladi. Balki, 2023-yilga borib, ana shunday natijaga erisharmiz”, — dedi Mamarizo Nurmurodov.

    Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi dunyoda shiddat bilan tarqalgani iqtisodiyotga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ayni vaqtda O‘zbekistondagi bank mijozlar qo‘lidagi 26,5 trillion so‘mlik kreditning 19 trillioni yuridik shaxslarga tegishli bo‘lsa, qolgani aholiga berilgan. Pandemiya munosabati bilan kredit olgan 85 foiz jismoniy shaxslarning to‘lov muddati uzaytirilgan. Agarda 1-oktabrdan karantin holati yumshab, iqtisodiy faollik tiklansa, banklar mijozlar bilan hisob-kitob o‘tkazadi. Biroq korxona faoliyati tiklanmagan bo‘lsa, banklar ularga alohida yondashadi.

    Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning sakkiz oyida tadbirkorlik subyektlariga ajratgan kreditlari qoldig‘i 40,7 trillion so‘mga (24,2 foiz) va aholiga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 10 trillion so‘mga (25,3 foiz) o‘sganligini ko‘rish mumkin.

    Mamarizo Nurmurodovning bildirishicha, O‘zbekiston oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Kam ta’minlangan, iqtisodiy ahvoli og‘irroq bo‘lgan aholi qatlamiga kredit ajratish borasida davlat dasturi belgilangan. Unga ko‘ra, 50 million so‘mgacha mablag‘ hech qanday garovsiz, sektorlar tavsiyanomasi bilan beriladi.

    Bu tizim 2018-yilda boshlagan bo‘lib, hozirgacha 9,5 trillion so‘mlik kreditlar ajratilgan. Bu mablag‘dan bir million nafarga yaqin aholi foydalandi. Tizimni rivojlantirish uchun davlat hisobidan bu yil ham 2 trillion so‘mga yaqin qo‘shimcha mablag‘ ajratilgan. Yil oxiriga qadar yana bir trillion so‘m yo‘naltirish mo‘ljallangan.

    Markaziy bank raisining so‘zlariga ko‘ra, bu pullar hammaga yetmasligi mumkin. Ammo ko‘proq mablag‘ ajratilmayotganining o‘ziga yarasha sabablari bor. Misol uchun, o‘tgan yillarda berilgan kreditlarning asosiy qismi 2020-yilning 1-oktabrigacha bo‘lgan muddatda qaytishi kerak edi. Ammo ularga yana imtiyoz berishga majbur bo‘lindi. Agar pandemiya davom etsa, eski kreditlarni uzaytirish, yangilarini berishda qiyinchilik bo‘lishi mumkin.

    Shuningdek, Mamarizo Nurmurodov issiqxona va chorvachilik yo‘nalishlaridagi kreditlar masalasida berilgan savollarga ham javob bergan. Bu turdagi kreditlarda mablag‘ni naqd pul shaklida emas, qaysidir firmalarga o‘tkazish qator savollarni yuzaga chiqarmoqda. Misol uchun, bunday amaliyot tufayli 5 million so‘mlik qoramol narxi 10 million so‘mga aylanib qolmoqda.

    “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida eng asosiy va ko‘p kreditlar aynan shu ikki yo‘nalishda berilmoqda. To‘g‘ri, bu holatda iste’molchi sifatida siz haqsiz. Qoramolni arzon olishga ham haqlisiz. Lekin jarayonga makroiqtisodiy nuqtayi nazardan ham qarashimiz shart. Ko‘pchilik yaxshi eslaydi, 2016-yilda qoramolchilik, parrandachilik, limonchilikni rivojlantirish uchun aholiga ko‘p miqdorda kreditlar berildi. Shunda aynan qoramol xaridi uchun 2,7 trillion so‘m ajratilgan edi. So‘ngra go‘sht va qoramol narxi keskin oshib ketdi. Chunki mavjud qoramollarning ma’lum egasi bor. Siz yangi qoramol egasi bo‘lmoqchisiz, lekin qoramol soni ko‘paygani yo‘q. Bu o‘z-o‘zidan narxlarni oshishiga olib keldi. Shu sababli biz viloyat hokimliklariga tuyoq sonini ko‘paytirgan holda aholiga kredit berishni talab qildik.

    Naqd pul shaklida ham beriladigan kreditlar bor. Misol uchun, vodiy viloyatlarida kasanachilar, hunarmandlar ko‘p. Do‘ppido‘zlar, kashtachilarga kreditni naqd pul shaklida beramiz. Ya’ni kartochkaga tushirib beriladi. Nonvoylarga kreditning 30 foizi naqd pulda, qolgani plastik kartochkaga tashlab berilmoqda. Bunday shaxslar berilgan tavsiyanomada faoliyatining ma’lum qismi bozorda naqd pul bilan bog‘liq ekani ko‘rsatiladi”, — deya ma’lum qilgan Markaziy bank rahbari.

    Mavzuga doir: Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirib, 14 foiz etib belgiladi

    16.09.2020, 06:53   Izoh (0)   19952
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘istonda to‘y saylida guruh bo‘lib harakat qilgan 9 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi

    16.09.2020, 06:11

    Farg‘onada “Agrobank” xodimi mijozlarning plastik kartalaridan 150 mln so‘mdan ortiq pul o‘g‘irlagani aniqlandi

    16.09.2020, 01:38

    O‘zbekistonda 15-sentabr kuni 570 kishida koronavirus aniqlandi. Yetti bemor vafot etdi

    15.09.2020, 23:55

    Qashqadaryo Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga chalinganini rad etdi. Holbuki, mazkur ma’lumotni markaz bosh vrachi t...

    15.09.2020, 23:45

    Qo‘shko‘pir FVB boshlig‘i COVID-19 tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va vafot etgan. SSV esa unda koronavirus aniqlanganini rad etdi

    15.09.2020, 23:17

    AQSh va Kanadadagi o‘zbekistonliklar Surxondaryoga 50 ming dollarlik kislorod konsentrati, pulsoksimetr va shaxsiy himoya vositalari yubordi

    15.09.2020, 22:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.