LG kompaniyasi ikkitalik ekranga ega yig‘ma konsturksiyali innovatsion Wing modelini taqdim etdi, deb xabar beradi GSMArena.

Foto: GSMArena

Qurilmaning asosiy ekranni 2460 x 1080 pikselga ega diagonali 6,8 dyuymga teng P-OLED-displeyi tashkil etadi. Ikkinchi G-OLED-displeyning tomonlar nisbati esa 1,15:1 ga teng bo‘lib, diagonali 3,9 dyuymga teng. Barmoq izi skaneri asosiy ekran yuzasida joylashgan, korpusi esa IP54 standarti bo‘yicha himoyalangan.

Foto: GSMArena

LG’ning hisoblashicha, ikkinchi ekran qurilmadan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajda oshiradi. Kompaniya bunga misol qilib smartfondan noodatiy formatda foydalanish ssenariysini misol qilib keltirgan: undan navigator sifatida foydalanish va shu bilan birga, so‘nggi yangiliklarni o‘qish, hujjatlar bilan ishlash, izohlarga javob berish yoki messenjerda yozishmalarni amalga oshirish mumkin.

Asphalt 9 o‘yinidan foydalanish bo‘yicha misol:

Foto: GSMArena

Navigatsiya esa quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

Foto: GSMarena

Koreyslar mexanizmning o‘zini ishonchli deb atamoqda: 200 ming marotaba ochib-yopishlar testdan o‘tkazilgan. Shuningdek, LG’ning ma’lum qilishicha, smartfon kuniga yuz marotaba ochib-yopilganida ham kamida besh yil xizmat qila oladi.

Qurilmaning ishlashi uchun beshinchi avlod Snapdragon 765G protsessori, 8 gigabayt tezkor va 256 gigabayt ichki xotira javob beradi. Akkumulyator sig‘imi 4000 mA/soatga teng, bundan tashqari, Quick Charge 4.0+ tezkor zaryadlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: GSMArena

Smartfonga to‘rtta kamera o‘rnatilgan: asosiy blokidan 64, 12 va 13 megapikselli datchiklar o‘rin olgan. Buriluvchan mexanizm sabab apparatda video tasvirga olishni barqarorlashtirish dasturi mavjud. Frontal kamerasi esa 32 megapikselga teng.

LG Wing dastlab Janubiy Koreyada, shundan so‘ng, Yevropa va AQShda sotuvga chiqadi. Yevropada u 1100 yevrodan sotiladi. Koreyada savdolar oktabrdan boshlanishi kerak.

Avvalroq LG ming dollar evaziga noyob smartfon taqdim etishga tayyorlanayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.