AQSh prezidenti Donald Tramp yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovni dunyoning  eng yaxshi jangchisi deb hisoblashini aytdi.

Foto: UFC

Trampning ta’kidlashicha, 24-oktabr kuni qizg‘in saylovoldi jarayonlariga qaramay, Habib va Jastin Getji o‘rtasidagi jangni tomosha qiladi.

Getji vazn toifasidan qat’i nazar birinchi raqamli jangchiga qarshi ajoyib kurash olib boradi. Jastin Nurmagomedovni nokautga uchratishini aytgandi.

Ushbu jang AQSh prezidentlik saylovlari oldidan bo‘lib o‘tadi, ammo biz uni tomosha qilamiz. Men jangni, albatta, tomosha qilaman. O‘ylaymanki, bu aqlbovar qilmas jang bo‘ladi.

Donald Tramp, AQSh prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi chempionlik jangchi 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadi.

Habib Nurmagomedov va Jastin Getji ishtirokidagi janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin — Havola.