15-sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab #moviynurtarat aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu aksiya autizmga chalingan shaxslar bilan birdamlik va ASB (autistik spektrning buzilishi) bilan kasallangan insonlarning ijtimoiy muhitga kirib borishga qaratilgan.
Aksiya davomida autizmga chalingan va ASB bilan kasallangan insonlarning muammolariga e’tiborni qaratish uchun Toshkentdagi Wyndham, Radisson Blu Hotel, Hyatt Regency Tashkent va Hilton mehmonxonalari, O‘zbekiston Milliy banki binosi va Temuriylar tarixi muzeyi ushbu aksiyada ishtirok etdi. Shuningdek, “Anhor-Lokomotiv” bog‘idagi aylanma charxpalak ham shu rangda yoritildi. Samarqandning Registon maydonidagi me’moriy ansambl moviy rangda nur taratdi.
Izoh (0)