• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 15-sentabr kuni 570 kishida koronavirus aniqlandi. Yetti bemor vafot etdi

    O‘zbekistonda 14-sentabr soat 23:30 dan 15-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 570 ta holat qayd etildi. Bu so‘nggi 6 kun ichidagi eng past ko‘rsatkich. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 48565 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,17 foizi 15-sentabrga to‘g‘ri keldi.

    SSV hisobi bo‘yicha 403, “Daryo” hisobi bo‘yicha 420 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 403, “Daryo” hisobi bo‘yicha 420 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 570 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 366 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 128 nafar;
    • Namangan viloyatida — 30 nafar;
    • Andijon viloyatida — 16 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 12 nafar;
    • Xorazm viloyatida — 10 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 5 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 2 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 1 nafar.
    Kun davomida 9 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Oxirgi 8 kunda kunlik kasallanish holatlari nazorat ko‘rsatkichidan baland bo‘lmoqda.

    Toshkent shahrida 366 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda sentabr oyida eng kam kasallik aniqlangan kunda 109 ta (3-sentabr), eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda 510 ta (11-sentabr) yangi holat ro‘yxatga olindi. Sentabrning 15 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 3987 nafarga ko‘paydi. SSV jadvalidagi 14 ta hududdan 12 tasida epidemiya mavsumida hali buncha bemor aniqlanmagan. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 29539 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,8 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 10-sentabr kuni 186 kishida COVID-19 aniqlanganidan so‘ng kunlik kasallanish holatlari pasaymoqda: 11-sentabrda 182, 12-sentabrda 162, 13-sentabrda 143, 14-sentabrda 130 va 15-sentabrda 128 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabrda Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 1808 nafarga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 9013 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 18,55 foiziga tengdir.

    Namangan viloyatida 30 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabr oyining 11 kunida Namanganda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 160 kishiga ko‘paydi. Viloyatda kasallanganlar soni 1069 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 2,2 foizi Namangan viloyati hisobiga to‘g‘ri keladi.

    Andijon viloyatida 16 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 13 kundan buyon uzluksiz ravishda kasallanish holatlari qayd etilmoqda. Ushbu 13 kun ichida viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 148 nafarga ko‘paydi va Andijonda kasallanganlarning umumiy soni 1358 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,8 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Samarqand viloyatida 12 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda faqat 2, 8 va 14-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida kasallanganlar soni 251 nafarga ko‘paydi. Samarqandda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1969 nafarga yetdi. Viloyatda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida Jomboy, Payariq, Urgut va Nurobod tumanlarining o‘zida koronavirusga test topshirgan kamida 180 nafar maktab xodimida COVID-19 qayd etilgan.

    Xorazm viloyatida 10 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabrning 15 kunidan 8 tasida viloyatda yangi kasallanganlar ro‘yxatga olindi. Oy davomida COVID-19 qayd etilganlar soni 63 nafarga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 533 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 1,1 foizi Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Qashqadaryo viloyatida 5 kishida kasallik qayd etildi. Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni hozirda 1039 nafarga yetdi. Sentabrning 11 kunida viloyatda yangi holatlar ro‘yxatga olindi. SSV bu kunlarda jami 85 kishida koronavirus qayd etilganini ma’lum qilmoqda. Ammo “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ani Himmatov Qashqadaryoda 855 nafar maktab xodimida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. Mazkur xabarni “Daryo”ga tasdiqlagan viloyat Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Sobir Murodov o‘qituvchilarning 41 nafarida 14-sentabr kuni kasallik aniqlanganini qo‘shimcha qilgandi. Ammo 15-sentabr kuni SSV Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining bayonotini e’lon qildi, unda 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga chalingani rad etilgan. Vazirlik kanalida e’lon qilingan xabarda 855 nafar maktab xodimi virus yuqtirganlikda gumonlangani aytilib, ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligi alohida ta’kidlanadi va bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishiga va’da qilinadi.

    Farg‘ona viloyatida 2 kishida COVID-19 aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda faqat 6, 8, 10 va 13-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida Farg‘onada kasallanganlar soni 42 kishiga ko‘paydi. Farg‘onadagi jami kasallanganlar soni 365 nafarni tashkil etmoqda. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 0,75 foiziga tengdir.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 kishida koronavirus aniqlandi. Respublikada 4, 5 va 10-sentabr kunlari ham bir nafardan yangi bemor ro‘yxatga olingandi. Umuman olganda, sentabr oyida Qoraqalpog‘istonda COVID-19 qayd etilganlar soni 24 nafarga ko‘payib, 477 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha kasallikka chalinganlarning 0,98 foiziga teng deganidir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Shuningdek, 11-sentabr kuni vafot etgan IIV podpolkovnigi hamda 15-sentabr kuni olamdan o‘tgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi koronavirus asoratlaridan vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli N.Q. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 42 yoshli O.B. ismli ayol vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Ichki ishlar vazirligi qoshidagi 2-sonli Toshkent akademik litseyi direktori lavozimida ishlagan podpolkovnik Pardiyev Abdurahmon Azizovich 11-sentabr kuni 52 yoshida vafot etgan.

    Foto: Ichki ishlar vazirligi

    “Daryo”ning rasmiy doiralardagi manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Abdurahmon Pardiyev koronavirusga chalingan, Zangiotadagi COVID-19 bemorlarini davolashga ixtisoslashtirilgan kasalxonada davolanayotgan edi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu o‘lim holati koronavirus asoratlari oqibatida yuz berganini hozircha tasdiqlagani yo‘q.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashagan 70 yoshli M.E. ismli ayol vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashagan 66 yoshli T.X. ismli ayol vafot etgan.

    Oltinchi o‘lim. Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonov 15-sentabr kuni 45 yoshida vafot etdi.

    Foto: Oliy sud matbuot xizmati

    O‘zbekiston Oliy sudi jamoasi jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga ta’ziya bildirgan.

    “Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, Shavkatjon Shodmonov koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan. Ushbu o‘lim holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha axborot bergani yo‘q.

    Yettinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 72 yoshli A.R. ismli erkak vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 403 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 420 nafarni tashkil etmoqda.

    SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

    • 9 va 15-iyul kunlari Olmaliq shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayol;
    • DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimi Adhamjon Dehqonov;
    • Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov;
    • Chilonzor tumani SEOM bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova;
    • Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov;
    • Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov;
    • Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov;
    • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti Janabay Utepbergenov;
    • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev;
    • “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko;
    • Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev;
    • Shifokor Farrux Rustamov;
    • Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabborov;
    • IIV podpolkovnigi Abdurahmon Pardiyev;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonov.
    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

    “Xabar.uz” nashri Xorazm viloyati 1-son klinik shifoxonasi shifokori Baxtiyor Qilichev koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgani haqida xabar bergandi. Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi shifokorning vafotiga koronavirus emas, ikki tomonlama pnevmoniya sabab bo‘lganini bildirdi. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabborov koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar qilgandi. Xorazm SSB unda koronavirusni keltirib chiqaruvchi SARS CoV-2 virusi aniqlanmaganini ma’lum qildi. Ammo Doniyor Jabborovning o‘limidan keyin rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatda u shifoxonaga yotqizilganda COVID-19 va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgani qayd etilgan (Ushbu hujjat nusxasi “Daryo” ixtiyorida bor).

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3104 nafar bemordan 483 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun avval ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 694 nafarni tashkil etayotgandi, endi esa 728 nafarga yetdi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlardan 23,4 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    15-sentabr kuni O‘zbekistonning 8 ta hududida 532 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu so‘nggi 18 kun ichida eng ko‘p bemor sog‘aygan kun bo‘ldi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 314 nafari Toshkent shahrida;
    • 114 nafari Toshkent viloyatida;
    • 53 nafari Samarqand viloyatida;
    • 23 nafari Namangan viloyatida;
    • 12 nafari Xorazm viloyatida;
    • 9 nafari Andijon viloyatida;
    • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 2 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 48 565 nafar bemordan 45 058 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda. Besh kundan buyon bu boradagi ko‘rsatkich o‘zgargani yo‘q. Ammo 5—9-sentabr kunlari davolanish ko‘rsatkichi pandemiya davrida ilk marta 94 foizga chiqqandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 3104 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. Bu so‘nggi 20 kun ichidagi eng yuqori natija. Sakkiz kun avval davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni 2027 nafarni tashkil etayotgandi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 2111 nafar. Farg‘onada 10, Navoiyda 10, Qoraqalpog‘istonda 18, Jizzaxda 21, Surxondaryoda 22, Sirdaryoda 33, Buxoroda 40, Xorazmda 38, Qashqadaryoda 63, Namanganda 91, Andijonda 110, Samarqandda 120 va Toshkent viloyatida 417 nafar bemor qoldi.

    15.09.2020, 23:55   Izoh (0)   96500
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga chalinganini rad etdi. Holbuki, mazkur ma’lumotni markaz bosh vrachi t...

    15.09.2020, 23:45

    Qo‘shko‘pir FVB boshlig‘i COVID-19 tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va vafot etgan. SSV esa unda koronavirus aniqlanganini rad etdi

    15.09.2020, 23:17

    AQSh va Kanadadagi o‘zbekistonliklar Surxondaryoga 50 ming dollarlik kislorod konsentrati, pulsoksimetr va shaxsiy himoya vositalari yubordi

    15.09.2020, 22:57

    Farg‘onada kislorod konsentratori ishlab chiqarish boshlandi

    15.09.2020, 22:23

    Paxtaobod tumani va Xonobod shahri hokimlari pnevmoniya bilan kasallangani ma’lum bo‘ldi

    15.09.2020, 21:59

    COVID-19’ga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga kelgan rossiyalik shifokorlarning missiyasi nihoyasiga yetdi

    15.09.2020, 21:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.