Xonanda Vohidjon Isoqov tez kunlarda to‘yi bo‘lishini ma’lum qildi.
“Yaqinda yangi uyga ko‘chib chiqdik. Otam qo‘shnilar bilan suhbatlashib, ‘Hamma farzandlarimni uyli-joyli qildim, faqat kenja o‘g‘limga ma’qul bo‘ladigan qiz topa olmayapmiz’, deb aytibdilar. Shunda qo‘shnilar bizdan ikki uy narida turadigan oilani iymon-e’tiqodli insonlar ekanligini aytib, maqtashibdi. Taqdir bo‘lsa, juda tez bo‘lib ketar ekan. Yaqinda to‘y”, — deydi xonanda.
Izoh (0)