• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyada aholining yarmi koronavirus vaksinasini qabul qilishga qarshi chiqmoqda

    Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi tadqiqoti 2020-yilning yozida koronavirus vaksinalariga qarshi bo‘lgan kishilar soni 8 foizga o‘sganini ko‘rsatdi. Odamlarning aksar qismi epidemiya o‘ylab topilgan fitna ekanini ta’kidlagan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Rossiyaliklarning deyarli yarmi (45,6 foiz) bu Rossiya vaksinasi yoki xorijda ishlab chiqilgan vaksina bo‘lishidan qat’i nazar, hech qachon emlanmaslikni afzal ko‘rgan. So‘rovnoma Oliy iqtisodiyot maktabining ekspert-tahlil direksiyasi tomonidan o‘tkazilgan.

    Vaksinadan foydalanishni istamayotgan kishilarning 24,6 foizi ommaviy vaksinatsiya qilish jarayonini kuzatishga qaror qilgan, ular emlashning samaradorligi va xavfsizligini aniq bilishni istaydi. Yana 25 foiz respondentlar esa har qanday turdagi vaksinaga qarshi chiqqan.

    Yoz davomida koronavirus vaksinasiga qarshi rossiyaliklar soni 8 foizga oshgan.

    5 – 7-sentabr kunlari bir nechta elektron resursda internet-so‘rovnoma o‘tkazilgan. Unda 18 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 9 ming nafar rossiyalik ishtirok etgan.

    Iyun o‘rtalarida o‘tkazilgan xuddi shunday so‘rovnoma bilan taqqoslaganda koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina yaratilganidan keyin uni qabul qilishni istamaydiganlar soni 13,2 foizga kamaygani ma’lum bo‘lgan. Ovoz beruvchilarning 18,6 foizi bu yil emlanishni istamaydi va kelasi yili bu borada bir to‘xtamga kelishi mumkin.

    Rossiyada pandemiya boshlanganidan beri epidemiyaning xavflilik darajasi oshirib yuborilayotgani manfaatdor shaxslar tomonidan o‘ylab topilgan deb hisoblovchilar soni oshib bormoqda. May oyida rossiyaliklarning 32,8 foizi shunday fikrda edi, endilikda ushbu ko‘rsatkich 43,4 foizga yetgan. So‘rovnomada qatnashgan har beshinchi respondent Rossiyada epidemiyaning ikkinchi to‘lqini davom etayotganini bildirgan.

    Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi (54,4 foiz), Sibir (46,5 foiz) va Markaziy federal okruglarida (46,5 foiz) odamlar shunday fikrda ekanini aytgan.

    Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, Moskvada koronavirusga ishonmaydiganlarning soni minimal darajada past (34,7 foiz). Rossiya poytaxti aholisi koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

    “Moskvada har uchinchi fuqaro koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini davom etayotganini bildirgan”, — deyiladi tadqiqotda.

    Mavzuga doir: Moskvada ko‘ngillilarni COVID-19’ga qarshi emlash boshlandi

    “Rossiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin kamaygani tufayli kasallikka ishonmaydigan odamlar soni yana orta boshlagan”, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Ruslan Artamonov.

    “Ko‘pchilikka virus nazariy jihatdan axborot maydonida tahdid qilgan, lekin odamlar iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan, o‘z-o‘zini yakkalash tartibida esa turli cheklovlar bo‘lgan”, — deydi Artamonov.

    Mart oyi oxirida Moskvada va keyinchalik boshqa hududlarda karantin tartibi joriy etilgan. 31-mart kuni koronavirus bo‘yicha Rossiya tezkor shtabi 73 ta hududda koronavirus yuqtirib olganlar soni 2 ming nafardan oshganini xabar qilgan. 11-maydan Rossiya prezidenti Vladimir Putin qaroriga ko‘ra cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilina boshladi. O‘sha vaqtda 85 ta hududda COVID-19’ga chalinganlar soni 200 ming nafardan ko‘proq edi. Sentabr boshiga kelib Rossiyaning bir nechta hududlarida turli cheklovlar bekor qilindi, mamlakat bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 million nafardan oshib ketgan.

    Artamonovning fikrlariga Xalqaro tibbiyot klasteri bosh direktorining maslahatchisi Yaroslav Ashixin ham qo‘shilmoqda.

    “Odamlar koronavirusning u qadar xavfli emasligiga baho bera boshladi. Bundan tashqari, olimlar chegaralar ochilganidan keyin kasallanishlar soni oshib ketishi va ikkinchi to‘lqin bo‘lishi borasida tushuntirish bera olmayapti. Shuningdek, klinikalar bemorlarga to‘lib ketmagan, shu sababli ham kasallikka ishonmaydiganlar soni keskin ortdi”, — degan Ashixin.

    U vaziyatga to‘g‘ri baho berish uchun ko‘proq ilmiy anjumanlar va tadqiqotlar o‘tkazish lozim deb hisoblamoqda.

    “Barchaga ma’lum axborotlar bor. Rossiyada 18 ming nafardan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan, butun dunyoda COVID-19 oqibatida kuzatilgan o‘limlar soni esa 900 mingtadan oshib ketdi. Pandemiya butun dunyoni qamrab olgan. Deyarli har bir oilada muammolar kuzatilgan, ko‘plab odamlar kasallikka chalinib, undan tuzalgan ayni vaziyatda mavjud narsalarga ishonmaslik absurdga o‘xshaydi”, — degan Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Vladimir Chulanov.

    Pandemiyaning Rossiyadagi ikkinchi to‘lqini haqidaRossiyaliklarning chegaralar ochilishi koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishiga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlari deyarli 50 ga 50. 45,3 foiz ishtirokchi chegaralarning ochilishi, 45,3 foiz odam esa fuqarolarning kurortlarda hordiq chiqarishi yoki xorijga borishi kasallanishlar sonini oshirishiga ovoz bergan. Jamoat transporti faoliyatini boshlagani (17 foiz), maktab va bog‘chalarning ochilishi (15,2 foiz) ham pandemiyaga salbiy ta’sir qilishi haqida gapirgan respondentlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

    So‘rovnomada qatnashganlarning deyarli yarmi, ya’ni 47,6 foizi davlat koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanadigan bo‘lsa, chegaralarni yopishi kerakligini aytgan. 26,2 foiz respondentlar jamoat joylarini yopish, har beshinchi ishtirokchi esa (22,15) bahordagi kabi o‘zni yakkalash tartibini joriy qilish javobini tanlagan.

    Respondentlarning 45,3 foizi bahordagi kabi tartib joriy qilinsa unga rioya etishga tayyor. 18 foiz ishtirokchilar esa o‘z xohishiga ko‘ra mazkur tartibga bo‘ysunmaslikni afzal ko‘rgan, har o‘ninchi rossiyalik (9,9 foiz) esa faqat jarima tayinlanishiga sabab bo‘ladigan qoidalarga amal qilmoqchi.

    Koronavirus va maktabMaktablar Rospotrebnadzor talablariga qat’iy amal qilib kelmoqda, deyiladi tadqiqotda (so‘rovnomada bolalari maktabga qatnaydigan ota-onalar ishtirok etgan). Maktablarning 75 foizida muassasaga kiraverishda tana harorati o‘lchanadi, yarmidan ko‘pida bitta sinfda ta’lim olish tartibi ishlamoqda. Shunga qaramay, har o‘ninchi maktabda o‘qituvchilar koronavirusga test qilinmoqda. Ishtirokchilarning 57,7 foizi amalga oshirilgan ishlar koronavirus bilan kasallanish holatlarining kamayishiga ta’sir ko‘rsatmasligini bildirgan.

    Mavzuga doir: AQSh davlat kotibi Rossiya va Xitoyni koronavirusga qarshi vaksinani piar qilishda aybladi

    Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olgan. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

    Vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yil oktabr oyidan boshlanishini aytgan. Keyinchalik Rossiyada xavf guruhiga kiruvchi kishilarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yilning noyabr—dekabr oylarida boshlanishi haqida xabar berildi.

    12.09.2020, 11:59   Izoh (0)   36466
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 307 kishida, Qirg‘izistonda esa 77 kishida koronavirus aniqlandi

    12.09.2020, 11:15

    BMT: “Koronavirus tufayli dunyoda yana 176 mln kishi qashshoqlashishi mumkin”

    12.09.2020, 10:28

    Tramp Isroil va Bahrayn tinchlik shartnomasi imzolashga kelishganini ma’lum qildi

    12.09.2020, 08:33

    Tramp Putin va Kim Chen In bilan yaxshi munosabatda bo‘lgani uchun tanqidlarga uchrayotganini ma’lum qildi

    12.09.2020, 07:15

    11-sentabr teraktlarida kimlar vafot etgan? The New York Times tomonidan qurbonlarga bag‘ishlab chop etilgan nekrologlar

    12.09.2020, 02:32

    Tovuqxonaga aylangan sinfxona, kul bo‘lgan avtomobil, ishsiz turgan avtobuslar. 11-sentabr suratlari

    11.09.2020, 23:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.