Braziliya prezidenti Jais Bolsonaru mamlakat koronavirusni deyarli yengganini ma’lum qildi. Bu haqda 11-sentabr kuni O Globo gazetasi xabar berdi.

Foto: Reuters

Uning fikricha, Braziliya amalda pandemiyadan xalos bo‘ldi. Prezident uning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun barcha choralarni ishga solgan hukumat ishini ham qayd etib o‘tgan.

Bolsonaru federal markaz muvaffaqiyatlari haqida lom-mim demagan mahalliy OAVlarni tanqid qilgan.

Ayni paytda Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda AQSh va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinda. Mamlakatda ushbu virus bilan 4,2 million kishi kasallangan, ularning 3,6 million nafari sog‘aygan, 129,5 ming kishi COVID-19 qurboniga aylangan.