Uzbekistan Airways 12-sentabrda Toshkent—Dehli—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter repatriatsiya qatnovini amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, charter reys quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshirish rejalashtirilgan (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):
Toshkent—Deli
- Toshkentdan ketish vaqti — 17:00;
- Dehliga qo‘nish vaqti — 20:30.
- Dehliga ketish vaqti — 22:30;
- Toshkentga qo‘nish vaqti — 00:40 +-1.
Avvalroq O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha sentabr oyiga belgilangan charter reyslar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritilgani, Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar 24–25-sentabr kunlari charter repatriatsiya reysi bilan vatanga qaytarilishi rejalashtirilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)