• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 11-sentabr kuni 593 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni 700 nafardan oshdi

    O‘zbekistonda 10-sentabr soat 23:30 dan 11-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 593 ta holat qayd etildi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 46272 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,3 foizi 11-sentabrga to‘g‘ri keldi.

    SSV hisobi bo‘yicha 380, “Daryo” hisobi bo‘yicha 394 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 380, “Daryo” hisobi bo‘yicha 394 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 593 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidan aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 264 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 182 nafar;
    • Namangan viloyatida — 62 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 47 nafar;
    • Andijon viloyatida — 14 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 6 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 6 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 5 nafar;
    • Xorazm viloyatida — 5 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 2 nafar.
    Kun davomida 10 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘sha yig‘ilish o‘tkazilgan kundan so‘ng to‘rtinchi marta kunlik kasallanish holatlari 370 tadan oshdi. Bu to‘rtala kunning bari oxirgi 4 kunga to‘g‘ri keldi.

    Toshkent shahrida 264 kishida koronavirus aniqlandi. Bir kun oldinga nisbatan kasallanishlar soni deyarli ikki baravarga kamaydi. 10-sentabr kuni poytaxtda 510 kishida COVID-19 qayd etilib, antirekord o‘rnatilgandi. Toshkentda 3-sentabrdan 10-sentabrgacha koronavirusga chalinganlar soni faqat o‘sib borayotgandi, 11-sentabrga kelib kamayishni boshladi. Sentabrning 11 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 2605 nafarga ko‘paydi. SSV jadvalidagi 14 ta hududdan 12 tasida epidemiya mavsumida hali buncha bemor aniqlanmagan. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 28157 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,8 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 182 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda ketma-ket ikkinchi kun kasallanganlar soni 180 nafardan oshmoqda. Bir kun oldin 186 kishida koronavirus qayd etilgandi. Sentabrda Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 1245 nafarga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 8450 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 18,2 foiziga tengdir. Kasallanganlarning 18,2 foizi ilgari hech qachon Toshkent viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmagandi.

    Namangan viloyatida 62 kishida koronavirus qayd etildi. Namanganda may, iyun, iyul, avgust va sentabr oylaridagi kunlarning hech birida kunlik kasallanish holatlari 50 taga ham yetmagandi. Endi esa bir kunda 62 kishida COVID-19 qayd etildi. Sentabr oyida Namanganda koronavirusga chalinganlar soni 111 kishiga ko‘paydi. Viloyatda kasallanganlar soni 1020 nafarga yetdi. Namangan koronavirusga chalinganlar soni 1000 nafardan oshgan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan so‘ng yettinchi hudud bo‘ldi.

    Samarqand viloyatida 47 kishida koronavirus aniqlandi. Bu oxirgi 34 kun ichidagi (9-avgustdan boshlab) viloyatda eng ko‘p kasallik aniqlangan kun bo‘ldi. Sentabr oyida viloyatda faqat 2 va 8-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida kasallanganlar soni 135 nafarga ko‘paydi. Viloyatning Jomboy tumanida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida tekshiruvdan o‘tkazilgan 1934 nafar o‘qituvchidan 40 nafarida koronavirus aniqlangan. So‘nggi kunlarda koronavirusga chalinganlar sonining ortishidan kelib chiqib, Jomboyda yangi o‘quv yili umumta’lim maktablarida 14-sentabrdan emas, balki 16-sentabrdan tajriba-sinov sifatida boshlanadigan bo‘ldi.

    Andijon viloyatida 14 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 9 kundan buyon uzluksiz ravishda kasallanish holatlari qayd etilmoqda. Ushbu 9 kun ichida viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 77 nafarga ko‘paydi va Andijonda kasallanganlarning umumiy soni 1287 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,8 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 kishida koronavirus aniqlandi. Respublikada oxirgi 23 kun ichida 12 marta yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu kunlarda birinchi marta yangi bemorlar soni 4 nafardan oshdi. Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 468 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha kasallikka chalinganlarning 1 foiziga teng deganidir.

    Farg‘ona viloyatida 5 kishida COVID-19 aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda faqat 6, 8 va 10-sentabr kunlari yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi. Oy davomida Farg‘onada kasallanganlar soni 31 kishiga ko‘paydi. Farg‘onadagi jami kasallanganlar soni 354 nafarni tashkil etmoqda. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 0,76 foiziga tengdir.

    Xorazm viloyatida 5 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabrning 11 kunidan 6 tasida viloyatda yangi kasallanganlar ro‘yxatga olindi. Oy davomida COVID-19 qayd etilganlar soni 33 nafarga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 503 nafarga yetdi. Xorazm viloyati koronavirusga chalinganlar soni 500 nafardan oshgan O‘zbekistondagi 11-hudud bo‘ldi. Undan orqaroqda faqat Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Jizzax bor.

    Navoiy viloyatida 2 kishida koronavirus aniqlandi. SSV jadvali bo‘yicha viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 514 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 1,1 foiziga teng deganidir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

    Birinchi o‘lim. Qashqadaryolik 54 yoshli A.J. ismli erkak vafot etgan. Uning qaysi tumandan ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashovchi 37 yoshli Sh.G. ismli ayol vafot etgan. Uning qaysi tumandan ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyati Parkent tumanida yashagan 62 yoshli X.A. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli Z.D. ismli ayol vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli B.A. ismli ayol vafot etgan.

    Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 78 yoshli O.F. ismli ayol vafot etgan.

    Yettinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 60 yoshli D.T. ismli erkak vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 380 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 394 nafarni tashkil etmoqda.

    SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

    • 9 va 15-iyul kunlari Olmaliq shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayol;
    • DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimi Adhamjon Dehqonov;
    • Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov;
    • Chilonzor tumani SEOM bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova;
    • Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov;
    • Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov;
    • Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov;
    • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti Janabay Utepbergenov;
    • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev;
    • “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko;
    • Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev;
    • Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan COVID-19 kasalligidan to‘liq tuzalganligi haqida soxta ma’lumot bo‘yicha ruhiy kasalliklar dispenseriga og‘ir ahvolda yuborilgan va shu yerda vafot etgan 39 yoshli F.Rustamov.
    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2869 nafar bemordan 475 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Sentabr oyiga kelib ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlar soni oshib bormoqda. 1—6-sentabr kunlari ahvoli og‘ir bemorlarning umumiy soni 500—600 oralig‘ida bo‘lgan bo‘lsa, 7—10-sentabr kunlari 600—700 oralig‘ida bo‘ldi, endi esa 700 nafardan oshib, 703 nafarga yetdi. Bu oxirgi 25 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 24,5 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi. Boshqacha aytganda, har 4 nafar bemordan 1 nafarining ahvoli og‘ir.

    Kasallikdan davolanish

    11-sentabr kuni O‘zbekistonning 7 ta hududida 468 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Sentabrda oltinchi marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan past bo‘ldi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 285 nafari Toshkent shahrida;
    • 157 nafari Toshkent viloyatida;
    • 10 nafari Namangan viloyatida;
    • 6 nafari Andijon viloyatida;
    • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 3 nafari Navoiy viloyatida;
    • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 46 272 nafar bemordan 43 023 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda. Bir kun ichida bu boradagi ko‘rsatkich o‘zgargani yo‘q. Ammo 5-9-sentabr kunlari davolanish ko‘rsatkichi pandemiya davrida ilk marta 94 foizga chiqqandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 2869 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. To‘rt kun avval davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni 2027 nafarni tashkil etayotgandi. Endi esa so‘nggi 15 kun ichidagi eng yomon ko‘rsatkichga chiqdi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 1949 nafar. Navoiyda 7, Jizzaxda 10, Farg‘onada 11, Qoraqalpog‘istonda 16, Surxondaryoda 19, Xorazmda 22, Sirdaryoda 33, Buxoroda 33, Qashqadaryoda 57, Andijonda 65, Namanganda 88, Samarqandda 174 va Toshkent viloyatida 385 nafar bemor qoldi.

    11.09.2020, 23:57   Izoh (0)   117207
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “IIB binosida vafot etgan Yusuf Abdurahmonovga chaqirilgan tez yordam boshqa ism-familiyani aytib chaqirilgan”. Tez tibbiy yordam shifokori sudda guvohlik berdi

    11.09.2020, 23:46

    Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovni tiklaydi

    11.09.2020, 23:22

    Respublika bo‘yicha karantin qoidalariga zid ravishda eng ko‘p to‘y o‘tkazilgan viloyat ma’lum qilindi

    11.09.2020, 23:10

    Tojikiston o‘z aholisini ta’minlash uchun O‘zbekistondan gaz import qilishni ko‘paytirmoqchi

    11.09.2020, 22:58

    Senat “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

    11.09.2020, 22:47

    Tanzila Norboyeva: Xalqning mablag‘ini talon-toroj qilish ko‘pning haqiga xiyonat qilish demak

    11.09.2020, 22:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.