Yarim himoyachi Sandro Tonali faoliyatini “Milan”da davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Milanliklar 20 yoshli futbolchini “Breshiya”dan ijaraga olgan. Shartnomaga ko‘ra, Milan sharhi klubi futbolchini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Avvalroq “Milan” futbolchi ijarasi uchun 10 million yevro to‘lashi, keyin esa sotib olish huquqi 20 millionga baholanishi xabar qilingandi.
Tonali yangi jamoasida 8-raqam ostida harakat qiladi.
“Yangi Pirlo” laqabini olgan o‘yinchi “Breshiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017-yilda bosh jamoada debyut qilgandi. A Seriya 2019/20-yilgi mavsumida 20 yoshli futbolchi 35 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)