Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev 8-sentabr kuni vafot etdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar qildi.
Hokimning vafoti Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan, vazirlikning aniqlik kiritishicha, marhumda ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi qayd etilgan.
O‘zAning xabar berishicha, tuman hokimida koronavirus aniqlangan va davolanishda bo‘lgan.
G‘ayrat Begaliyev 2020-yil 4-martdan beri Mirishkor tumani hokimi lavozimida ishlayotgan edi. U Mirishkor tumani hokimligiga kelgunga qadar ko‘p yillar davomida Qarshi tumani hokimi bo‘lgan.
Bu “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusning 371-qurboni hisoblanadi.
Shuningdek, Mirishkor tumani hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6-sentabr kuni Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Rahmonov vafot etgan.
Izoh (0)