• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand hokimligi eri xo‘rlagan va majburlab pampers yedirgan ayolni yarashtirmoqchi

    Avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida eri tomonidan ayovsiz kaltaklanayotgani aks etgan ayol videosi tarqalib ketgan edi. Keyinroq Samarqand viloyati IIB jabrlanuvchi Samarqand shahar Termiz ko‘chasida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan Mustahkam, uni kaltaklagan fuqaro esa ayolning turmush o‘rtog‘i, 1985-yilda tug‘ilgan Sh. ismli fuqaro ekanini ma’lum qildi. 5-sentabr kuni ushbu holat yuzasidan Samarqand shahar hokimligi axborot berdi.

    Mavzuga doir: Samarqand IIB eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan ayolni o‘z himoyasiga oldi. Uni ish bilan ta’minlab, yangi uy olishida ham ko‘maklashishini va’da qildi

    Samarqand viloyati IIB axborotida Mustahkam va Sh. 2012-yili shar’iy, 2015-yilda rasmiy (FHDYo) nikohdan o‘tgani, oilaviy kelishmovchilik sabab er xotinini doimiy kaltaklab, qiynoqqa solib kelgani ta’kidlangan edi. Shahar hokimligi izohida ta’kidlanishicha, “ayol bir necha yildan beri tahqir, xo‘rlanishlar ostida yashab kelsa-da, biror marta na mahallaga va na boshqa tashkilotga murojaat qilmagan”. “Shuning uchun bu oila notinch oila sifatida ro‘yxatda turmaydi”, — deyiladi hokimlik bayonotida.

    Samarqand viloyati IIB ayol va uning ikki farzandi Samarqand shahar IIO FMB tomonidan himoyaga olingani, ularga “Himoya orderi” berilganini ma’lum qilgan edi. Samarqand shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari o‘rinbosari Zebiniso Rahmonovaning ta’kidlashicha, ruhshunos har kuni jabrlanuvchi ayol bilan muloqot olib borib, tegishli muolajalarni amalga oshirmoqda. “Shuningdek, unga va farzandlariga tibbiy ko‘mak ko‘rsatilib, vaqtincha yashashi uchun sharoit yaratilgan”, — deydi u.

    Hokimlik izohida qayd etilishicha, shahar ma’muriyati vakillari ayolning oilasi, mahallasiga borib, vaziyatni o‘rgangan. “Oilasi, qaynona-qaynotasi kelini haqida juda yaxshi fikrda. Ularning aytishicha, o‘sha kuni kelini ogohlantirmay qarindoshinikida qolib ketgan. Janjal shundan kelib chiqqan”, — deyiladi hokimlik axborotida. Ayni vaqtda, jabrlanuvchi ayolga tazyiq, tahdidlarning oldini olish uchun uning qayerda yashayotgani sir saqlanmoqda.

    Avvalroq jabrlanuvchi ayolning eri shov-shuvli videoyozuvlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgach, uyidan qochib ketgani, 23-avgust kuni esa Toshkentda qo‘lga olinib, Samarqandga olib kelingani haqida xabar berilgan edi. Unga Samarqand shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    “Itning axlatini topolmay, uch kunlik pampersni yedirgan”

    Bloger Aqidaxonim 3-sentabr kuni jabrlanuvchi ayol — Mustahkam bilan jonli efirga chiqqan. Mustahkam intervyu davomida hech kimi yo‘qligi, eri bilan boshidan bir-biriga mos bo‘lmagani, uzoq vaqt davomida xo‘rlangani, oqibatda hatto o‘z joniga qasd qilish darajasiga borib, reanimatsiyaga yotqizilgani haqida so‘zlab bergan.

    Mustahkamning ta’kidlashicha, u oiladagi bunday holatlar haqida ikki bor IIBga shikoyat qilgan. Birinchi safar — o‘z joniga qasd qilib, reanimatsiyaga tushganida IIB xodimi kelib, arizani qabul qilgan. Ikkinchi safar esa unga majburlab ishlatilgan bolalar tagligi (pampers)ni yedirishganidan so‘ng huquq-tartibot organlariga arz qilgan.

    2017-yilmidi, yo 2018 midi, aniq esimda yo‘q, noyabr oylarida qaynisinglim bilan o‘rtamizda o‘zaro tortishuv bo‘lgan, shuni u (turmush o‘rtog‘i) bilib qolgan. Kim aytganini bilmayman. Shuni bilib, uyga kelgan, uyda hech kim yo‘q edi. Eshikni qulfladi. “Sen hali mening singlim bilan tortishasanmi?”, deb boshida meni urushdi, urdi.

    Hovlimizda Tayson degan itimiz bor. “Itning axlatini topib kel”, dedi. Hovlida hamma joy supurib-sidirilgan, itning axlati yo‘q edi. “Yo‘q ekan”, deb keldim. “Hojatxonadan axlat olib kel”, dedi. Hojatxona chuqur edi, ololmadik. “Ololmadim”, deb aytdim. “Men hozir senga yo itning axlatini yediraman, yo hojatxonadan axlat chiqarib, yuzingga surtib, hammaga sharmanda qilaman, sen hali mening singlim bilan tortishasanmi!”, dedi.

    Adashmasam, o‘zi ham hojatxona chuquridan axlat chiqara olmadi, itning ham axlatini topa olmadi. Chiqindilar orasidan qidirganida, uch kunlik pampers bor edi — shuning ichini yorib, tuvakka solib, majburlab, zo‘ravonlik bilan menga yedirdi. “Yemayman”, deb ko‘p yig‘ladim. Katta o‘g‘lim uch yo to‘rt yosh edi, “Dadajon, unday qilmang!”, deb yig‘layotgandi. Shu payt u: “Yo‘q, avval yeysan, keyin chiqib ketasan!”, deb turgandi.

    “Yemayman, yemayman”, deganimda grafinlar bilan boshimning orqasiga uraverdi, “Yeysan!”, deb, majburladi. “Buni qanday yeyman?”, deganimda: “Palovni qanday qilib qo‘l bilan yesang, shunday yeysan”, deb menga o‘rgatdi. Uch kunlik pampersning hidini ham gapirmasa bo‘ladi-da. Uni hali og‘zimga olmasimdan qayt qilgim kelyapti. Yo‘q, yedirdi — bu tarafdan qusyapman, bu tarafdan yediryapti... Xudoning zorini qildim, unday qilmang, deb.

    Urib-urib yedirdi, qusganimni ham yedirdi. “Sen yolg‘ondan qusyapsan, qusganingni ham yeysan”, deb yedirgandi. Hammasini yedirib, oldimga bir grafin suvni qo‘ygan, bir litrlik, “Oshqozoningga tushsin”, deb. To hazm bo‘lguncha ikki soat oldimda o‘tirdi. Keyin eshiklarni ochib, chiqib ketdi. Shu payt, qarayapman, mazam qocha boshlayapti, qo‘l-oyog‘im ishdan chiqayapti. Taksi chaqirib, yaqindagi qarindoshimning uyiga bordim.

    Eshigidan kira solib, o‘zimdan ketganman, yiqilib tushganman. Ularning aytishicha, behush holimda faqat: “Tez yordamni chaqiringlar”, deganman. Tez yordamni chaqirishgan, do‘xtirlar kelib men bilan savol-javob qilgan, hushim o‘zimda emas, lekin, aytishlaricha, “Pampers yedirdi, ichimni tozalanglar”, deb aytganman, ko‘zim yumuq holda. Ular vaziyatga qarab, soat 22:30 larda yedirgan bo‘lsa, 1:00 larda men qarindoshimning uyiga borgan bo‘lsam, hazm bo‘lgan.

    “Shifoxonaga olib borguncha bu o‘lib qoladi, ulgurmaymiz”, deb, uyning o‘zida muolajani boshlagan vrachlar. Ichimni tozalab, oldimda uch soatmi, to‘rt soat o‘tirdi-da, ertalabgacha, “o‘ziga kelsin”, deb. Shunaqa bo‘lgandi.

    Mustahkam, eri tomonidan xo‘rlangan samarqandlik ayol

    “Hokimlik bu oilani yarashtirmoqchi”

    4-sentabr kuni Aqidaxonim Mustahkamni kelinlik uyidagi oilasi (xususan, qaynotasi) kechirim so‘rash uchun qidirayotgani, ayolning aynan qayerda ekanini esa faqat IIB, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshliqlari, Yoshlar ishlari agentligi bilishini yozgan. “Mustahkam xavotirga tushyapti, lekin xavotir olmang, hammasi joyida bo‘ladi, dedim. Mabodo kimdir uni topib kelsa, u bu ma’lumotni qayerdan olganini bilamiz”, — degan Aqidaxonim.

    5-sentabr kuni Aqidaxonim navbatdagi jonli efirda Samarqand shahar hokimligi mas’ullari, xususan, Samarqand shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari o‘rinbosari Zebiniso Rahmonova jabrlanuvchi ayolni oilasi bilan yarashtirish uchun unga bosim o‘tkazishni boshlagani, buning uchun ayrim mas’ullar (ularning ismlari aytilmagan) hatto ayolning qaynotasidan pul olganini ta’kidlab o‘tgan.

    “Sizlar shunday muammoli oilalarni mana shu yo‘sinda yarashtirasizlar-da, keyin ertasiga ‘voy o‘zini osib qo‘yibdi’, ‘voy o‘zini mashinani tagiga tashlabdi’, ‘voy cho‘kib ketibdi’ va hokazo, va hokazo deb yurasizlar”, — deydi Aqidaxonim. Blogerning ta’kidlashicha, hokimlik vakillarining bunday xatti-harakatlarini “sharmandalik”, o‘nlab do‘konlari, Siyob bozorining sobiq rahbari bo‘lgan qaynotaning xo‘rlangan kelini uchun bitta kvartira olib bermasligini esa — “uyat”.

    Aqidaxonimning qo‘shimcha qilishicha, unga Samarqand viloyati hokimi matbuot kotibi Manuchehr Mirzayev qo‘ng‘iroq qilib, hokim Mustahkam uchun yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan alohida kvartira qilib berilishini ta’kidlaganini aytgan va undan Mustahkamning telefon raqamini berishni so‘ragan. Aqidaxonim raqamni bermagan, Mustahkamga o‘zi qo‘ng‘iroq qilib, hokimlik aytgan manzildan uy berilishi mumkinligini aytgan.

    Bunga javoban Mustahkam: “Opajon, erimning o‘ynashi ham, o‘sha sportsmen og‘aynilari ham, qaynisingillarim ham o‘sha yerda yashaydi, men u yerga chiqmayman”, deb javob bergan. Aqidaxonim ham Mustahkamga “balki yarasharsiz?”, deb savol bergan. “Umuman qaytmayman, bormayman, chunki u yerdan mening o‘ligim chiqadi, men bolalarim uchun yashashim kerak”, deb javob bergan Mustahkam.

    Aqidaxonimning obunachilari va ijtimoiy tarmoqlarning boshqa foydalanuvchilari jabrlanuvchi ayol — Mustahkamga yordam ko‘rsatish uchun pul to‘plash harakatlarini boshlagan.

    07.09.2020, 00:56   Izoh (0)   182060
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Senat sayyor majlisida Sardoba toshqinidan talafot ko‘rganlarning 83,4 foizi o‘z uylariga qaytgani, qolganlar hali ham maktablarda ekani aytildi

    07.09.2020, 00:39

    Bosh prokuratura Navoiyda talaba qizning MFYlar faoliyatini tanqid qilgani uchun tahdidga uchragani yuzasidan o‘rganish o‘tkazmoqda

    07.09.2020, 00:14

    SSV vakili: Koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlardan xotirjamlikka berilmaslik kerak

    07.09.2020, 00:09

    O‘zbekistonda 6-sentabr kuni 293 kishida koronavirus aniqlandi. 600 nafarga yaqin bemorning ahvoli og‘ir

    06.09.2020, 23:55

    SSV: O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinayotgan bemorlarning aksar qismi 30-50 yoshdagi odamlar

    06.09.2020, 23:26

    Oliy Majlis deputati aytgan gapidan qaytdi: Toyloq tumani haqidagi xabar yana bir bor rad etildi

    06.09.2020, 23:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.