Bosh prokuratura Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Mahfuza Po‘latovaning “Navoiy ziyosi” gazetasida chop etilgan “Efir uchun qilinayotgan ehsonlar” sarlavhali maqolasi uchun mahalla raisi tomonidan bosimga uchragani yuzasidan o‘rganish o‘tkazmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
“Navoiy ziyosi” gazetasida mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati yuzasidan tanqidiy maqola chiqarilganligi sababli Karmana tumani Bog‘ishamol mahallasi raisi tomonidan muallifga tahdid qilingani va boshqa holatlar Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan Bosh prokuratura nazorati ostida o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari haqida xabar qilinadi, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbarining postida.
Izoh (0)