• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 6-sentabr kuni 293 kishida koronavirus aniqlandi. 600 nafarga yaqin bemorning ahvoli og‘ir

    O‘zbekistonda 5-sentabr soat 23:30 dan 6-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 293 ta holat qayd etildi. Ketma-ket to‘rtinchi kun yangi kasallanish holatlari 300 taga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43663 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 348, “Daryo” hisobi bo‘yicha 359 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 348, “Daryo” hisobi bo‘yicha 359 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 293 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidan aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 177 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 88 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 10 nafar;
    • Surxondaryo viloyatida — 9 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 5 nafar;
    • Andijon viloyatida — 2 nafar;
    • Namangan viloyatida — 2 nafar.
    Kun davomida 7 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

    Toshkent shahrida 177 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabrda poytaxtda kasallanganlar soni 993 nafarga ko‘paydi. SSV jadvalidagi 14 ta hududdan 9 tasida epidemiya mavsumida hali buncha bemor aniqlanmagan. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 26545 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,8 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 88 kishida COVID-19 aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda kunlik kasallanish holati birinchi marta 90 nafardan kamaydi. Bundan tashqari so‘nggi 43 kun ichida Toshkent viloyatida eng kam kasallik aniqlangan kunlar orasida bu ikkinchi natijadir (23-avgust kuni 61 kishida COVID-19 qayd etilgandi). 6 kun ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 585 nafarga ko‘paydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Farg‘ona, Xorazm va Navoiy viloyatlarida epidemiya mavsumi boshidan buyon buncha kasallik aniqlanmagan.

    Samarqand viloyatida 10 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda kasallanganlar soni 50 nafarga ko‘paydi. Samarqandda COVID-19 qayd etilganlar soni 1768 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 4 foizi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Surxondaryo viloyatida 9 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda oxirgi marta kasallikka chalinish holatlari bir hafta oldin — 30-avgust kuni ro‘yxatga olingandi. Surxondaryoda hozirda koronavirusga chalinganlar soni 640 nafarga yetdi. Bu Jizzax (163 bemor) va Xorazm (479) viloyatlaridagi jami kasallanganlar soniga (642) deyarli teng.

    Qashqadaryo viloyatida 5 kishida kasallik qayd etildi. Viloyatda oxirgi 19 kunning 16 tasida yangi bemorlar ro‘yxatga olindi. Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 983 nafarga yetdi. Bu Jizzax (163), Farg‘ona (341) va Xorazm (479) viloyatidagi barcha kasallanish holatlari bilan tengdir.

    Andijon viloyatida 2 kishida COVID-19 qayd etildi. To‘rt kun ichida viloyatda 21 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 1231 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,8 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Namangan viloyatida 2 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabr oyida Namanganda ham xuddi Andijon singari oxirgi to‘rt kunda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 25 kishiga ko‘paydi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi 6-sentabr soat 16:30 holatiga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan 43 476 nafar bemor (shundan 17 751 nafari ayol, 25 725 nafari erkak) haqida statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan odamlarning

    • 12 173 nafari (28 foiz) 30-39 yoshda;
    • 10 304 nafari (23,7 foiz) 20-29 yoshda;
    • 7 521 nafari (17,3 foiz) 40-49 yoshda;
    • 5 347 nafari (12,3 foiz) 50-59 yoshda;
    • 2 652 nafari (6,1 foiz) 10-19 yoshda;
    • 2 565 nafari (5,9 foiz) 60-69 yoshda;
    • 1 956 nafari (4,5 foiz) 0-9 yoshda;
    • 739 nafari (1,7 foiz) 70-79 yoshda;
    • 219 nafari (0,5 foiz) 80 va undan katta yosh oralig‘idagi insonlar.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Ulardan biri haqida “Daryo” Bosh prokuraturaga tayangan holda bir kun avval xabar bergandi. Vazirlik Toshkent viloyati prokuraturasi katta tergovchisi Turg‘un Kamolov 54 yoshida vafot etgani va uning o‘limiga koronavirus asoratlari sabab bo‘lganini 6-sentabr kuni tasdiqladi.

    Birinchi o‘lim. Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli S.A. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli A.A. ismli ayol vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Yakkasaroy tumanida yashagan 82 yoshli I.M. ismli ayol vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashagan 68 yoshli A.R. ismli erkak vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 348 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 359 nafarni tashkil etmoqda.

    SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

    • 9 va 15-iyul kunlari Olmaliq shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayol;
    • DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimi Adhamjon Dehqonov;
    • Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov;
    • Chilonzor tumani SEOM bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova;
    • Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov;
    • Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov;
    • Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov;
    • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti Janabay Utepbergenov;
    • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev.
    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

    SSV 6-sentabr soat 16:30 holatiga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasidan vafot etgan 345 nafar bemor bo‘yicha ma’lumot berdi. Ularning 132 nafarini ayollar, 213 nafarini erkaklar tashkil etgan. O‘limning yosh toifasiga ko‘ra, 6 nafar bemor 30 yoshgacha, 26 nafar 30-40 yosh oralig‘ida, 45 nafar 40-50 yosh oralig‘ida, 99 nafar 50-60 yosh oralig‘ida, 106 nafar 60-70 yosh, 63 nafar 70 yoshdan katta bemorlar.

    O‘lim sababiga ko‘ra, vafot etganlarning 264 nafarida o‘tkir yurak qon-tomir, nafas yetishmovchiligi, 10 nafarida o‘tkir respirator distress sindrom, 8 nafarida tromboemboliya, 4 nafarida o‘tkir miokard infarkti va boshqalar qayd etilgan.

    5-sentabr holatiga ko‘ra 564 nafar bemorning ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Farrux Sharipovning ma’lum qilishicha, ulardan 110 nafari sun’iy nafas olish apparatida, 222 nafari noinvaziv sun’iy nafas apparatida SIPAP rejimida hamda 175 nafari maxsus moslama yordamida burun orqali kislorod olmoqda.

    O‘ta og‘ir va og‘ir ahvoldagi 564 nafar bemorning 353 nafari Zangiota kompleksiga, 56 nafari Toshkent shahriga, 38 nafari Samarqand viloyatiga, 31 nafari Sirdaryo viloyatlariga, 21 nafari Qashqadaryo, 17 nafari Surxondaryo, 6 nafardan Buxoro va Jizzax, 3 nafardan Namangan va Xorazm hamda 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2038 nafar bemordan 375 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 594 nafarga yetdi. Bir kun ichida davolanayotgan bemorlar soni 109 nafarga kamaygan (ulardan 5 nafari vafot etgan) bo‘lsa-da, ahvoli og‘ir bemorlar soni 30 kishiga ko‘paydi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 29,1 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi. Bu oxirgi 22 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    Kasallikdan davolanish

    6-sentabr kuni O‘zbekistonning 6 ta hududida 397 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Sentabrning to‘rt kunida kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, qolgan ikki kunida past bo‘ldi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 279 nafari Toshkent shahrida;
    • 91 nafari Toshkent viloyatida;
    • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 8 nafari Samarqand viloyatida;
    • 7 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 2 nafari Namangan viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 663 nafar bemordan 41 277 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda. Bir kun avval ham davolanish ko‘rsatkichi 94 foiz bo‘lgandi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 2038 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. Koronavirusdan davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni cho‘qqiga chiqqan — 29-iyul kuni bemorlar soni 9517 nafar edi. Bir oydan biroz ko‘proq vaqt ichida ularning soni qariyb 4,5 barobarga kamaydi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 76 kun ichida minimum ko‘rsatkichga tushdi — 23-iyun kuni 2083 nafar bemor koronavirusdan davolanayotgandi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 1425 nafar. Navoiyda 6, Farg‘onada 7, Xorazmda 9, Jizzaxda 11, Qoraqalpog‘istonda 12, Surxondaryoda 23, Qashqadaryoda 30, Sirdaryoda 31, Andijonda 32, Buxoroda 32, Namanganda 36, Samarqandda 109 va Toshkent viloyatida 275 nafar bemor qoldi.

    06.09.2020, 23:55   Izoh (0)   93862
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SSV: O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinayotgan bemorlarning aksar qismi 30-50 yoshdagi odamlar

    06.09.2020, 23:26

    Oliy Majlis deputati aytgan gapidan qaytdi: Toyloq tumani haqidagi xabar yana bir bor rad etildi

    06.09.2020, 23:15

    O‘zbekistonda Rossiya yoki Xitoy vaksinasini xarid qilish masalasi muhokama qilinmoqda

    06.09.2020, 22:07

    DTM internetda suratlari tarqalgan testlar bo‘yicha abituriyentlarga chora ko‘rilganini bildirdi

    06.09.2020, 18:40

    Dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarshi kurashda foydasiz ekanligi ma’lum qilindi

    06.09.2020, 18:26

    Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari: “2020-yilgi paxta mavsumi ikkita murakkab talabga muvofiq tashkil etiladi”

    06.09.2020, 16:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerika aviakompaniyalari samolyotlarda Starlink xizmatini o‘chira boshladi

    Dunyo | 8 iyun, 23:55

    AQSH va Xitoy savdo bojlari borasida Londonda uchrashuv o‘tkazadi

    Dunyo | 8 iyun, 23:05

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10

    Toshkent markazida “Salom, Mundial” supershousi bo‘lib o‘tadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:52

    Shimoliy Koreyada may oyida muvaffaqiyatsizlikka uchragan kema qayta suvga tushirildi

    Dunyo | 8 iyun, 21:45

    O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.