Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Volkswagen kompaniyasi beshinchi avlod Caddy bazasida avtouy yaratdi — yangi versiya California nomini olgan bo‘lib, u eski Caddy Beach o‘rnini egallaydi. Ixcham kemper salkam ikki metrli karavot va mini-oshxona bilan jihozlangan. Shuningdek, jamlanmadan modulli palatkalar tizimi ham o‘rin olgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Volkswagen

Foto: Volkswagen

Volkswagen Caddy California bir nechta variantda taqdim etiladi: uzunligi 4501 va 4853 millimetrli, quvvati 75 yoki 122 ot kuchiga teng dizel motorli, old yoki to‘liq uzatmali. Modifikatsiyasidan kelib chiqib, avtouy 1980x1070 o‘lchamli ikki o‘rindiqli karavot bilan jihozlangan bo‘lib, yukxona bo‘lmasi ustida, bevosita panorama tom ostida joylashgan.

Foto: Volkswagen

Foto: Volkswagen

Oshxona bir nechta ko‘chma elementlardan iborat: yuqori qismida shamoldan himoya qiluvchi ekranga ega gaz plitasi, uning ostida esa oshxona anjomlarini saqlashga mo‘ljallangan javon joylashgan. Caddy California’ning quyruq qismida modulli palatka tizimi o‘ziga xos usulda qotiriladi. Uning ostida besh kishi o‘tirishi mumkin.

Foto: Volkswagen

Foto: Volkswagen

Avtouy jihozlari orasidan raqamli qurilmalar paneli, 10 dyuymli ekranga ega multimedia tizimi, shuningdek, haydovchiga yordam beradigan 19 ta tizim, jumladan, Travel Assist kruiz-nazorati ham o‘rin olgan. Caddy California’ning qisqa varianti Yevropada 2020-yil oxirlarida, uzun varianti esa 2021-yilda sotuvga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 27-iyul kuni Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Mamlakat bozori uchun avtomobil uch xil ko‘rinish va komplektatsiyada taqdim etilmoqda.

Foto: Volkswagen

Foto: Volkswagen

Foto: Volkswagen

Foto: Volkswagen

Foto: Volkswagen

Foto: Volkswagen

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi