• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Deyarli barcha baxtsizlikka mahkum etildi”. 5-sentabr – SSSRda taqiqlangan “Doktor Jivago” romani ilk bor nashrdan chiqqan kun

    Boris Posternakning “Doktor Jivago” romani ancha muhokamalarni keltirib chiqargan, yozuvchining hayotiga sezilarli ta’sir o‘tkazgan, Nobel mukofotini olishiga va undan kechishga ham sabab bo‘lgan asari hisoblanadi. Bugun, 5-sentabr ushbu mashhur roman ilk marta nashr etilgan kun hisoblanadi. “Daryo” sana munosabati bilan dunyoning siyosiy va adabiy manzarasiga ta’sir qilgan asar tarixi haqida so‘z yuritadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Muallif haqida

    Pasternak nafaqat rus adabiyotining betakror shoiri bo‘lgan, balki u ijodiy umri davomida nasriy asarlar yaratish yo‘lida ham ancha mehnat qilgan. Urushdan keyingi yillarda u “Doktor Jivago” (1957-yil, Milanda tugallangan) romanini yozib tugatdi hamda unda shaxsiy va ijtimoiy hayot orasida arosatda qolgan Sergey Sikorskiyga qondosh rus ziyolisining obrazini yaratdi. Romanda sovet davri yozuvchilari orasida birinchi bo‘lib inqilob g‘oyasi rad etildi va jamiyatni ijtimoiy jihatdan qayta qurish mumkinligiga shubhalar ochiqlandi. Shunday qilib, asar Pasternakning totalitar tuzum tomonidan tazyiq ostiga olinishiga sabab bo‘ldi.

    Pasternak roman g‘oyasini uzoq vaqt davomida o‘ylab yurgan, unga puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Asar 1903–1929-yillardagi voqealarni tasvirlab o‘tadi. 1946-yilning fevralida romanning ilk sahifalari qoralana boshlandi. Avgust oyida asarning birinchi bobi tayyor bo‘lgan edi. “Doktor Jivago” “mafkuraviy jihatdan begona” mualliflarga qarshi kurashning boshlanishiga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, Pasternak romanni davom ettiraverdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Moddiy qiyinchiliklar esa yildan yilga roman tugallanishiga ta’sir qila boshladi. 1948-yilning yozida romanning to‘rtinchi qismi tugallandi. Muallif shu yili asarga “Doktor Jivago” deb nom berdi. Yettinchi bobni tugallash 1952-yilning bahorigacha davom etdi.

    1957-yil 5-sentabrda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi “Doktor Jivago” romanini Italiyada rus tilida nashr ettirdi. Qizig‘i, roman qo‘lyozmasi okean ortiga qanday yetib borgani hozirgacha sir bo‘lib qolmoqda. Lekin muallifning bu ishga roziligi bo‘lgani aniqdek. Asar nusxalari bu orada sobiq Sho‘ro hukumatining qo‘liga kelib tushdi. Albatta, romanga qiziqish ortdi, har bir bob o‘rganib chiqilishi kerakligi haqida topshiriq berildi. Shunday qilib, Pasternakning ushbu romani sotsializm mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilgan asar sifatida baholandi.

    Roman Sho‘ro tuzimini qattiq tanqidga olgani tufayli Sovet Ittifoqida 1988-yilgacha chop etilmagan. Aynan shu sababdan MRB SSSR aholisiga bu kitobni tarqatishga kirishdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Nobel mashmashasi

    Hammasi shundan keyin boshlandi. Pasternakka ijtimoiy hujum boshlandi. 1958 yil 23-oktabr kuni esa u Nobel mukofotini topshirish uchun taklifnoma haqida telegramma oldi. Ushbu asari uchun Nobel mukofotining berilishi Pasternak va hukumat o‘rtasidagi munosabatni yanada keskinlashtirdi. Komsomollar rahbari Semichasniy Moskvadagi yig‘inda “mayli, Boris Pasternak xohlasa Nobel mukofotini borib olsin, lekin vatanimizga qaytishni o‘ylamasin”, degani ko‘rsatiladi manbalarda.

    Boris Pasternak albatta bunga rozi bo‘lmadi. Ijodkor o‘z jasoratini namoyon qildi va “Rossiyadan ketish men uchun o‘lim bilan barobar”, deya mukofotdan voz kechdi. Shu voqealardan so‘ng Pasternakka qaratilgan hujumlar birmuncha pasaya boshladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Roman syujeti

    Asar 17 qismdan iborat. Mutolaa jarayonida romandagi bosh qahramon va muallif beixtiyor o‘z o‘quvchisiga turli sinflarga mansub odamlarning Oktabr to‘ntarishi yillaridagi qiyinchilikda kechgan hayotini tasvirlab bera boshlaydi. Qahramonlardan birining: “inqilob insoniyatning yarmi ustida o‘tkazilgan o‘yin bo‘lib, u boyning ham, qashshoqning ham hayotini bo‘rondek supurib ketdi, deyarli barcha baxtsizlikka mahkum etildi”, degan so‘zlari bevosita turmushning o‘zidan ko‘chirilgandek taassurot uyg‘otadi.

    Doktor Jivago – bosh qahramonning ismi. Pasternak ism tanlashda hamisha diqqatli edi. Birinchisi Patrisian Jivult edi. Jivago familiyasi esa ko‘pincha Masihning qiyofasi bilan bog‘liq deb qaraladi. Shuning uchun ham Pasternak Jivago ismiga to‘xtalgan deb tahlil qilinadi.

    Doktor Jivago 1903-yilda onasidan ayrilib, amakisi qaramog‘ida qoladi. U o‘qiydi, ulg‘ayadi va bolaligidan beri tanish bo‘lgan qizga uylanadi, sevimli ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Va she’riyatga qiziqishi uyg‘onadi – she’r yoza boshlaydi. Va to‘satdan  odatiy hayotida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi...

    Doktor Jivagoga jamiyatda sodir bo‘layotgan ko‘p narsalar bora-bora bema’ni va keraksiz bo‘lib ko‘rinadi. U hokimiyatning bolsheviklarga qanday o‘tishiga guvoh bo‘ladi. Dastlab, uning fikriga ko‘ra, inqilob – “ajoyib jarrohlik” bo‘lib, u hayotni ifodalar edi. Ammo qahramonda bariga nisbatan ishonchsizlik kuchaya boradi. U ochiq norozilik bildirmaydi, lekin shartsiz yangi hukumatni qabul ham qila olmaydi. Asardagi aynan shu narsa muallifning hayotiga tahdid soladi.

    Akademik D.S. Lixachyov “Doktor Jivago” romani avtobiografik roman ekaniga ishongan. Pasternak o‘zi haqida yozadi. Bosh qahramonning lirik ovozi, uning falsafasi Pasternakning ovozi va e’tiqodidan ajralib turishi turgan gap. Ajablanarlisi shundaki, muallifning haqiqiy hayotiga mos keladigan tashqi faktlar qahramonda deyarli yo‘q. Tadqiqotchi  ushbu romanni “o‘ziga xos avtobiografiya”, “davrning tarjimayi holi” deb tasniflaganida esa biz Pasternakning ruhiy avtobiografiyasini tushunishimiz mumkin.

    Roman, bir so‘z bilan aytganda, qahramonlarning inqilobga bo‘lgan munosabati, mamlakat tarixidagi muhim voqealarning esa ularning taqdiriga ta’siri haqida hikoya qiladi.

    “Doktor Jivago” romani dunyo bo‘ylab million nusxalarda sotildi va 1965-yilda shu nomdagi badiiy film Oskar mukofotiga munosib topildi. Biroq Sovet Ittifoqida faqat Mixail Gorbachyov boshlagan Qayta qurish yillarida 1988-yili chop etilgan edi. Shuni ham aytish kerakki, “Doktor Jivago” romani nashrdan chiqqanidan uch yil o‘tmay SSSR parchalanib ketdi.

    Qahramon doktor Jivago insonni o‘limdan saqlab qoluvchi, ezgulik uchun kurashuvchi inson sifatida namoyon bo‘ladi. Romanda kurashishga tayyor har qanday inson harakati qon to‘kilishiga olib keladigan har qanday inqilobdan ustun ekani tasvirlanadi. Oktyabr inqilobiga yillar o‘tgan bo‘lsa-da, asarni o‘qigach tag‘in insoniyat kechib o‘tgan yana bir mash‘um o‘tmishga duch kelamiz, tarixdan esa to‘g‘ri xulosa chiqarish darsini olamiz.

    Zulxumor Orifjonova tayyorladi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    05.09.2020, 23:51   Izoh (0)   43105
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ingliz tilining Merriam-Webster lug‘atida irqchilikning ta’rifi o‘zgartiriladi

    11.06.2020, 22:57

    Angliyadagi chiqindixonalardan birida topib olingan “Garri Potter” kitobi auksionda 40 ming dollarga sotildi

    22.05.2020, 20:24

    Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik qasri sirlari haqida kitob yozmoqda

    29.04.2020, 09:53

    “Bolaligimizning yana bir bo‘lagi bizni tark etdi”. Anvar Obidjon haqida

    11.04.2020, 20:28

    O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi

    11.04.2020, 19:37

    Shahzoda Matchonova o‘qishni tavsiya etadigan 10 ta kitob

    03.04.2020, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzaxda maktabga ishga qabul qilish uchun pora so‘ragan masʼul qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 13:58

    “Manchester Siti” Rodrigo bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi

    Sport | 16 avgust, 13:35

    Xitoyda 75 yoshli pensioner sun’iy intellektda yaratilgan ayol tufayli xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

    Layfstayl | 16 avgust, 13:23

    Xitoy hukumati armiya haqida noqonuniy kontent joylashtirgan bir qator onlayn manbalarni aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 13:15

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.