Ekvadorlik Xulio Mora va Valdramina Kvinteros dunyodagi eng keksa er-xotin deb topildi. Avgustda turmush qurganiga 79 yil bo‘lgan juftlik Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Ta’kidlanishicha, Xulio va Valdramina tarixda eng uzoq vaqt birga umr kechirgan juftlik emasligiga qaramay, ularning umumiy — 214 yoshi sabab kitobga kiritilgan. Mora — 110, Kvinteros esa 104 yoshda.

Juftlik 1941-yilda ota-onasining qarshiligi sabab yashirincha turmush qurgan. U vaqtda kuyov 31, kelin esa 26 yoshda bo‘lgan. Butun umri davomida o‘qituvchi sifatida faoliyat olib borgan er-xotinning 5 nafar farzandi, 11 nabirasi, 21 evara va 1 chevarasi bor, deyiladi xabarda.