• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 31-avgust kuni 365 kishida koronavirus aniqlandi. To‘rt bemor vafot etdi

    O‘zbekistonda 30-avgust soat 23:00 dan 31-avgust soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 365 ta holat qayd etildi. Ketma-ket yettinchi kun kasallanganlar soni 400 nafarga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 41 893 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 320, “Daryo” hisobi bo‘yicha 329 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 320, “Daryo” hisobi bo‘yicha 329 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 365 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 248 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 91 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 14 nafar;
    • Andijon viloyatida — 8 nafar;
    • Namangan viloyatida — 2 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 2 nafar.
    Kun davomida 6 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 22-avgustdan so‘ng kasallik qayd etilgan hududlar 10 taga yetmayotgandi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlangani, karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda ushbu raqam nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

    Toshkent shahrida 248 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (25-avgust) 61 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. Avgust oyida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlar bilan birga) 11 137 ta yangi holat aniqlandi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 25 552 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 61 foizi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 91 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda 26-iyuldan 25-avgustgacha faqatgina bir marta (23-avgust kuni) kasallanish holatlari 100 taga yetmagandi. 26-avgustdan boshlab esa Toshkent viloyatida har kuni 91 tadan 98 tagacha yangi holatlar ro‘yxatga olinmoqda. Avgust oyi davomida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 4379 kishiga ko‘paydi va 7205 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanish holatlarining 17,2 foizi Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Qashqadaryo viloyatida 14 kishida kasallik qayd etildi. Oxirgi 13 kun ichida viloyatda 11 kunda yangi bemorlar ro‘yxatga olindi. Umuman olganda avgust oyida Qashqadaryoda 258 kishida koronavirus qayd etildi, bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 27 foiziga tengdir.

    Andijon viloyatida 8 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda oxirgi 46 kun ichida (17-iyuldan beri) faqat 4 marta — 25-iyul, 8-avgust, 15-avgust va 28-avgust kunlari yangi kasallanish holatlari aniqlanmagan. Avgust oyida viloyatda 215 kishida koronavirus qayd etildi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 1210 nafarga yetdi. Bu vodiyning qolgan ikki viloyati — Namangan (909 ta holat) va Farg‘ona (323) viloyatlaridagi umumiy kasallanganlar soniga (1232) deyarli teng deganidir.

    Namangan viloyatida 2 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda ketma-ket uchinchi kun 2 tadan yangi holat ro‘yxatga olindi. Avgust oyining 19 kunida Namanganda yangi kasallanish holatlari aniqlangan bo‘lib, bu kunlarda 164 kishida COVID-19 tasdiqlangan. Bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 18 foiziga tengdir.

    Navoiy viloyatida 2 kishida kasallik qayd etildi. Viloyatda 27-avgustdan beri endi yangi holatlar ro‘yxatga olindi. Avgust oyida Navoiyda 75 kishida koronavirus aniqlandi. Ushbu oyda Navoiyda COVID-19 aniqlangan kunlarda faqat bir marta — 4-avgust kuni kunlik kasallanishlar soni 10 tadan ko‘p (14 ta) bo‘lgan. Viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 14,8 foizi avgust oyiga to‘g‘ri keldi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini ma’lum qildi. Ushbu o‘lim holatlari haqidagi axborotlarda 30-avgust kuni vafot etgan aktyor Fathulla Mas’udov haqida ham ma’lumot berildi. Vazirlik Fathulla Mas’udovning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini rasman tasdiqladi. “Daryo” hisobi bo‘yicha 31-avgustda 4 ta yangi o‘lim holati haqida xabar berildi. Bunaqasi avgust oyida kuzatilmagandi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 60 yoshli X.A. ismli ayol vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 53 yoshli S.D. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 58 yoshli S.N. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori To‘lqin Ashurov 31-avgust kuni 51 yoshida vafot etdi. To‘lqin Ashurov viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusdan davolanib kelayotganini uning o‘rinbosari “Daryo”ga ma’lum qildi.

    To‘lqin Ashurov.

    To‘lqin Ashurov.
    Foto: Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi

    2017-yildan buyon Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan To‘lqin Ashurov koronavirus qurboni bo‘lganini SSV tasdiqladi.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 320 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 329 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Avgust oyi eng ko‘p bemor vafot etgan oy bo‘ldi. Mart—iyul oylari oralig‘ida jami 148 kishining vafoti haqida xabar berilgan bo‘lsa, avgust oyida vafoti e’lon qilinganlar soni 181 nafarni tashkil etdi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2298 nafar bemordan 275 nafari og‘ir, 147 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun avval ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 414 nafardan 387 nafarga tushgandi, endi esa 422 nafarga ko‘tarildi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 18,3 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi. Bu oxirgi 14 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    Kasallikdan davolanish

    31-avgust kuni O‘zbekistonning 5 ta hududida 456 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 28-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

    Yangi tuzalganlarning

    • 326 nafari Toshkent shahrida;
    • 109 nafari Toshkent viloyatida;
    • 11 nafari Samarqand viloyatida;
    • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 5 nafari Namangan viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 893 nafar bemordan 39 275 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda. Uch kundan buyon davolanish ko‘rsatkichi 93 foiz bo‘lgandi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 2298 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 29-iyul kuni davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. Bir oy ichida ularning soni 4 barobarga kamaydi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 67 kun ichidagi minimumga tushdi — 26-iyun kuni 2369 nafar bemor koronavirusdan davolanayotgandi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 1632 nafar. Farg‘onada 3, Jizzaxda 7, Navoiyda 10, Qoraqalpog‘istonda 12, Xorazmda 17, Surxondaryoda 21, Andijonda 36, Buxoroda 36, Namanganda 38, Qashqadaryoda 46, Sirdaryoda 48, Samarqandda 110 va Toshkent viloyatida 282 nafar bemor qoldi.

    31.08.2020, 23:33   Izoh (0)   98192
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori vafot etdi. U koronavirusdan davolanayotgan bo‘lgan

    31.08.2020, 23:21

    Samarqandlik er xotinining joniga qasd qilib, uyini yoqib yubordi

    31.08.2020, 22:20

    O‘zbekistonda bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

    31.08.2020, 22:08

    Namanganda mashina o‘rindig‘i ostiga qariyb 200 mln so‘mlik quyma oltin yashirgan shaxs qo‘lga olindi

    31.08.2020, 20:54

    Shavkat Mirziyoyev: “Juda ko‘p-ko‘p ishlarimiz to‘siqlarga, joylardagi noinsofgarchiliklarga duch kelmoqda” (video)

    31.08.2020, 20:37

    Andijonda xorijlik fuqaro mashinasini mast holda boshqargani uchun avtomobili jarima maydoniga joylashtirildi

    31.08.2020, 20:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.