“Ayaks” yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar qilishicha, tomonlar 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan.
30-avgust kuni ingliz klubi “Ayaks”ga rasmiy taklif bilan chiqqan. Amsterdamliklar 23 yoshli futbolchi transferi borasidagi 40 million yevrolik taklifni savdolashmasdan qabul qilgan.
Ta’kidlanishicha, niderlandiyalik futbolchi yaqin kunlarda “Manchester Yunayted” futbolchisi sifatida tanishtiriladi.
Avvalroq Donni “Ayaks”dagi sheriklariga “Manchester Yunayted”ga o‘tayotgani haqida aytgani ma’lum bo‘lgandi. Unga “Barselona”dan ham qiziqish bor edi.
Van de Bek koronavirus sabab muddatidan avval yakunlangan Niderlandiya chempionati 2019/20-yilgi mavsumida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 8 gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)