Buxoro viloyati Buxoro shahrida avtomashinasining tusini o‘zgartirgan fuqaroning harakatlariga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 1987-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan T.F. 2020-yil 31-avgust kuni soat 10:40 larda Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi bo‘ylab o‘z boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli transport vositasini O‘zbekistonning davlat bayrog‘i tusida bo‘yab o‘zgartirib, shaxsiga oid va boshqa tegishli hujjatlarsiz harakatlanib yurganligi sababli viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.
Transport vositasi qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Mavzuga doir:
- Surxondaryoda 21 kishini avtomobil yukxonasida olib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi
- Qo‘qonda ayol YPX inspektoriga qo‘l ko‘targan qoidabuzar haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)
- Bekobod tumanida narxlarni oshirib yuborgan taksichilarning mashinalari jarima maydonchasiga qo‘yildi
Izoh (0)