Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyoga mashhur ko‘cha rassomi Benksi Shimoliy Afrikadan O‘rta Yer dengizi orqali Yevropaga boshpana ilinjida kelayotgan qochoqlar uchun kema xarid qildi, deb yozadi The Guardian.

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian

Kema XIX asrdagi fransiyalik anarxist Luiza Mishel sharafiga nomlangan bo‘lib, uni hozirda qutqaruv operatsiyalari bilan shug‘ullanayotgan to‘qqiz kishidan iborat jamoa boshqarmoqda. Kema kapitani — dengizdagi insonlarni qutqarish borasidagi tarjibaga ega Pia Klemp.

Klempning aytishicha, u bilan Benksining shaxsan o‘zi bog‘langan. Benksi unga maktub yozib, qochoqlar muammosi ortidan biroz pul ishlab topgani va uni o‘zida qoldira olmasligini bildirgan. Shu sababli u bu pullarni insonlarga yordam berishga yo‘naltirishni istagan.

“Luiza Mishel” 18-avgust kuni Ispaniyaning Burriana portida dengizga chiqqan va 89 nafar qochoqqa yordam ko‘rsatgan (jumladan 14 nafar ayol va to‘rt nafar bola). Endilikda ekipaj ularni tushirish mumkin bo‘lgan portni qidirmoqda. Biroq ularga Liviya qirg‘oq qo‘riqchilari yetib olishi va qochoqlarni Liviyadagi maxsus lagerga olib ketish xavfi mavjud.

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian

Kema yorqin pushti rangga bo‘yalgan bo‘lib, u Benksining surati bilan bezatilgan. Unda yurak shaklidagi qutqaruv aylanasini ushlab turgan qizaloq tasvirlangan. Bunga qadar 31 metrli yaxta fransuz bojxona xizmatiga tegishli bo‘lgan.

2020-yilda Liviyaga 7600 dan ortiq qochoq qaytarilgan, 19,5 mingdan ortig‘i esa Yevropaga qaytib ketgan. O‘rta Yer dengizini kesib o‘tishda kamida 500 kishi halok bo‘lgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi