• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 29-avgust kuni 337 kishida koronavirus aniqlandi. Davolanayotgan bemorlar soni 2500 dan kamaydi

    O‘zbekistonda 28-avgust soat 23:30 dan 29-avgust soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 337 ta holat qayd etildi. Ketma-ket beshinchi kun kasallanganlar soni 400 nafarga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 41160 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 309, “Daryo” hisobi bo‘yicha 318 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 309, “Daryo” hisobi bo‘yicha 318 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 337 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 213 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 96 nafar;
    • Xorazm viloyatida — 8 nafar;
    • Buxoro viloyatida — 7 nafar;
    • Andijon viloyatida — 4 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 3 nafar;
    • Namangan viloyatida — 2 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 2 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 2 nafar.
    Kun davomida 9 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy haftada kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlangani, karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda ushbu raqam nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

    Toshkent shahrida 213 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (25-avgust) 61 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 25 mingdan oshib, 25 134 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 61 foizi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 96 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda 26-iyuldan 25-avgustgacha faqatgina bir marta (23-avgust kuni) kasallanish holatlari 100 taga yetmagandi. 26-avgustdan boshlab esa Toshkent viloyatida har kuni 92 tadan 98 tagacha yangi holatlar ro‘yxatga olinmoqda. Avgust oyining 29 kuni ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 4194 kishiga ko‘paydi va 7020 nafarga yetdi. Toshkent viloyati bu ko‘rsatkichga erishgan Toshkent shahridan keyin 2-hudud bo‘ldi.

    Xorazm viloyatida 8 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda 24-avgustdan beri endi yangi holatlar ro‘yxatga olinmoqda. Avgust oyida Xorazmda 9 kun yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda jami 96 kishida COVID-19 qayd etildi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 470 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 1,1 foizi Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Buxoro viloyatida 7 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda avgust oyida koronavirusga chalinganlar soni 208 kishiga ko‘paydi. Buxorodagi jami kasallanish holatlarining 20 foizi avgust oyiga to‘g‘ri keldi. Buxoroda koronavirus yuqtirib olganlar orasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ham bor edi, u 22-avgust kuni Toshkent shahrida vafot etdi. 28-avgust kuni uning o‘rniga Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

    Andijon viloyatida 4 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda oxirgi 44 kun ichida (17-iyuldan beri) faqat 4 marta — 25-iyul, 8-avgust, 15-avgust va 28-avgust kunlari yangi kasallanish holatlari aniqlanmagan. Andijonda deyarli har kuni COVID-19’ga chalinganlar aniqlanayotgan bo‘lsa-da, 16-avgustdan beri kunlik kasallanganlar soni 5 nafardan oshmadi. Avgust oyida viloyatda 191 kishida koronavirus qayd etildi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 1186 nafarga yetdi. Oy boshida O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 4,1 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 2,9 foizga tushdi.

    Qashqadaryo viloyatida 3 kishida COVID-19 aniqlandi. Avgust oyida Qashqadaryoda 237 kishida koronavirus qayd etildi, kasallanganlarning umumiy soni esa 930 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 2,2 foizi Qashqadaryo hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Namangan viloyatida 2 kishida koronavirus qayd etildi. Avgust oyining 17 kunida Namanganda yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olingan. Bu kunlarda jami 160 kishida koronavirus aniqlandi. Taqqoslash uchun, Jizzax viloyatida epidemiya mavsumi boshidan beri 155 kishida koronavirus qayd etilgan.

    Farg‘ona viloyatida 2 kishida COVID-19 aniqlandi. Avgust oyi boshida viloyatda kuniga 20 tagacha yangi holatlar ro‘yxatga olinayotgandi. Ammo 10-avgustdan boshlab Farg‘onada yangi bemorlar aniqlanganida kasallanish holatlari 5 tadan oshmayapti. Avgust oyida Farg‘onada 72 kishida koronavirus aniqlandi. Bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 22,2 foiziga tengdir.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 kishida koronavirus aniqlandi. Respublikada avgust oyida 94 kishida COVID-19 qayd etildi, bu Qoraqalpog‘istondagi jami kasallanish holatlarining 21 foiziga tengdir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. 27 va 28-avgust kunlari vazirlik 5 tadan o‘lim holatlari haqida axborot bergandi. 29-avgust kuni vafot etganlarning 2 nafari ayol, 4 nafari erkakdir.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 72 yoshli N.Sh. ismli ayol vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli E.R. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 79 yoshli J.K. ismli ayol vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli M.A. ismli erkak vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli M.X. ismli erkak vafot etgan.

    Oltinchi o‘lim. Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli A.Sh. ismli erkak vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 309 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 318 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Avgust oyi eng ko‘p bemor vafot etgan oy bo‘ldi. Mart—iyul oylari oralig‘ida jami 148 kishining vafoti haqida xabar berilgan bo‘lsa, avgust oyida hozirgacha vafoti e’lon qilinganlar soni 170 nafarni tashkil etmoqda.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2492 nafar bemordan 276 nafari og‘ir, 138 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ikki kun avval ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 433 nafardan 412 nafarga tushgandi, bir kun oldin 432 nafarga ko‘tarildi, endi 414 nafarga tushdi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 16,6 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    29-avgust kuni O‘zbekistonning 8 ta hududida 412 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 26-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

    Yangi tuzalganlarning

    • 287 nafari Toshkent shahrida;
    • 103 nafari Toshkent viloyatida;
    • 10 nafari Buxoro viloyatida;
    • 4 nafari Andijon viloyatida;
    • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 2 nafari Qorqalpog‘iston Respublikasida;
    • 2 nafari Namangan viloyatida;
    • 1 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41160 nafar bemordan 38359 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda. Bir kun avval ham davolanish ko‘rsatkichi 93 foiz bo‘lgandi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 2492 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 29-iyul kuni davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. Bir oy ichida ularning soni deyarli 4 barobarga kamaydi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni ikki oy ichidagi minimumga tushdi — 28-iyun kuni 2597 nafar bemor koronavirusdan davolanayotgandi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 1834 nafar. Farg‘onada 3, Jizzaxda 7, Qoraqalpog‘istonda 12, Navoiyda 12, Xorazmda 17, Andijonda 22, Surxondaryoda 22, Sirdaryoda 26, Qashqadaryoda 35, Buxoroda 36, Namanganda 42, Samarqandda 103 va Toshkent viloyatida 321 nafar bemor qoldi.

    Hozir barcha hududlarda davolanish ko‘rsatkichi 92 foizdan 99 foizgacha yetgan.

    29.08.2020, 23:57   Izoh (0)   90377
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda birinchi marta COVID-19’ga qayta chalinish holati qayd etildi. Bu dunyo bo‘yicha to‘rtinchi shunday holat

    29.08.2020, 23:43

    O‘zbekistonda pandemiya davrida maktablar faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha vaqtinchalik sanitariya talablari tasdiqlandi

    29.08.2020, 23:17

    Toshkentda piyodani urib yuborib qochib ketgan Nexia haydovchisi o‘z aybiga iqror bo‘lib IIBga bordi

    29.08.2020, 22:42

    Shavkat Mirziyoyev Yashnobodda har 19 sekundda bitta muzlatgich ishlab chiqaradigan korxonani ochib berdi

    29.08.2020, 22:35

    Video: Surxondaryoda 11 yoshli o‘g‘liga avtomobil boshqaruvini topshirgan otaga chora ko‘rildi. Otaning o‘zida ham hujjatlar yo‘q

    29.08.2020, 21:46

    Urganchda 300 ming so‘m pora olgan SEOM rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    29.08.2020, 21:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.