Amerikaning Ogayo shtatida noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Uy yonidan o‘tib ketayotgan mashinaning balloni otilib ketib, kirish eshigi tomonga uchdi va qo‘ng‘iroqni bosdi.
Ushbu kulgili holat uyning kuzatuv kamerasiga yozib olindi.
Ballon tirkamali pikapdan otilib ketgan. Bunga ballonning bo‘shab qolgani sabab bo‘lgan.
Videoda ballonning uy tomonga uchib kelib, avval simyog‘ochga, so‘ngra eshikka urilganini ko‘rish mumkin.
So‘ngra ballon ko‘lmak yaqiniga tushib, tutab ketadi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)