• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 27-avgust kuni 393 kishida koronavirus aniqlandi. Davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi

    O‘zbekistonda 26-avgust soat 23:30 dan 27-avgust soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 393 ta holat qayd etildi. Ketma-ket uchinchi kun kasallanganlar soni 400 nafarga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 40447 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 298, “Daryo” hisobi bo‘yicha 307 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 298, “Daryo” hisobi bo‘yicha 307 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 393 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 241 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 93 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 27 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 15 nafar;
    • Buxoro viloyatida — 5 nafar;
    • Andijon viloyatida — 4 nafar;
    • Surxondaryo viloyatida — 3 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 3 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 2 nafar.
    Kun davomida 9 ta hududda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar qayd etildi. Faqat Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Sirdaryo va Xorazmda yangi holatlar ro‘yxatga olinmadi.

    Toshkent shahrida 241 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (25-avgust) 61 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. Avgust oyida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlar bilan birga) 10 250 ta yangi holat aniqlandi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 24 665 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 61 foizi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 93 kishida kasallik qayd etildi. Viloyatda 26-iyuldan buyon uchinchi marta kasallanish holatlari 100 taga yetmadi, ulardan ikkitasi oxirgi ikki kunga to‘g‘ri keldi. Avgust oyining 27 kuni ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 4106 kishiga ko‘paydi. Viloyatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 6832 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha kasallikka chalinganlarning 16,9 foiziga tengdir.

    Samarqand viloyatida 27 kishida COVID-19 aniqlandi. Avgust oyining ortda qolgan 27 kunidan 21 tasida Samarqandda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda 734 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda jami kasallanish holatlarining (1672 ta) 44 foizi aynan avgust oyiga to‘g‘ri keldi.

    Qashqadaryo viloyatida 15 kishida kasallik qayd etildi. Oxirgi 9 kun ichida viloyatda faqat 26-avgust yangi bemorlar ro‘yxatga olinmadi. Umuman olganda avgust oyida Qashqadaryoda 234 kishida koronavirus qayd etildi, bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 25 foiziga tengdir.

    Buxoro viloyatida 5 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda avgust oyida koronavirusga chalinganlar soni 201 kishiga ko‘paydi. Buxorodagi jami kasallanish holatlarining 19,5 foizi avgust oyiga to‘g‘ri keldi. Buxoroda koronavirus yuqtirib olganlar orasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ham bor edi, u 22-avgust kuni Toshkent shahrida vafot etdi.

    Andijon viloyatida 4 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda oxirgi 42 kun ichida (17-iyuldan beri) faqat 3 marta — 25-iyul, 8-avgust va 15-avgust kunlari yangi kasallanish holatlari aniqlanmagan. Andijonda deyarli har kuni COVID-19’ga chalinganlar aniqlanayotgan bo‘lsa-da, 16-avgustdan beri kunlik kasallanganlar soni 5 nafardan oshmadi. Avgust oyida viloyatda 187 kishida koronavirus qayd etildi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 1182 nafarga yetdi.

    Surxondaryo viloyatida 3 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyida viloyatda 87 kishida kasallik qayd etildi. Bu Surxondaryodagi jami kasallanish holatlarining 14 foiziga tengdir.

    Navoiy viloyatida 3 kishida kasallik qayd etildi. Viloyatda avgust oyida 73 kishida koronavirus aniqlandi. Ushbu oyda Navoiyda COVID-19 aniqlangan kunlarda faqat bir marta — 4-avgust kuni kunlik kasallanishlar soni 10 tadan ko‘p (14 ta) bo‘lgan. Navoiyda kasallik aniqlanganlar soni 504 nafarga yetdi.

    Farg‘ona viloyatida 2 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda juft kunlarda kasallik qayd etilishi an’anasi yakunlandi. Bungacha Farg‘onada 6, 10, 14, 16, 18, 20 va 22-avgust kunlarida yangi holatlar ro‘yxatga olingandi. Avgust oyida Farg‘onada 70 kishida koronavirus aniqlandi. Bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 22 foiziga tengdir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Toshkent shahrida 2 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Vazirlik axborotlarida ikki kundan buyon o‘lim holatlari kamayayotganini ko‘rish mumkin. SSV 25-avgust kuni 7 kishining vafoti haqida xabar bergan bo‘lsa, 26-avgust kuni 6 kishining o‘limi haqida axborot bergandi. 27-avgust kuni vafoti ma’lum qilingan 5 bemorning bari 36 yoshdan 83 yoshgacha bo‘lgan erkaklardir.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli A.M. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 83 yoshli A.A. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashagan 45 yoshli G‘.H. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashagan 36 yoshli Q.R. ismli erkak vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 50 yoshli B.X. ismli erkak vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 298 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 307 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2949 nafar bemordan 279 nafari og‘ir, 133 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun avval ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 433 nafarni tashkil etayotgandi, endi esa 412 nafarga tushdi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 14 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi. Bu oxirgi 10 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    Kasallikdan davolanish

    27-avgust kuni O‘zbekistonning 11 ta hududida 638 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 24-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

    Yangi tuzalganlarning

    • 458 nafari Toshkent shahrida;
    • 126 nafari Toshkent viloyatida;
    • 18 nafari Samarqand viloyatida;
    • 7 nafari Buxoro viloyatida;
    • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 5 nafari Andijon viloyatida;
    • 5 nafari Namangan viloyatida;
    • 5 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
    • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
    • 2 nafari Navoiy viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40447 nafar bemordan 37200 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda. Sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha bir kun avval o‘rnatilgan rekord yangilandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 2949 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 2-iyuldan beri endi davolanishdagi bemorlar soni 3 mingdan kamaydi. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 1-iyul kunidagi bemorlar soniga (o‘sha kuni 2907 nafar bemor davolanayotgandi) yaqinlashib qoldi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 2198 nafar. Farg‘onada 2, Jizzaxda 7, Qoraqalpog‘istonda 10, Navoiyda 12, Xorazmda 19, Andijonda 22, Surxondaryoda 23, Sirdaryoda 26, Qashqadaryoda 35, Buxoroda 39, Namanganda 47, Samarqandda 116 va Toshkent viloyatida 393 nafar bemor qoldi.

    Toshkent shahrida davolanayotgan bemorlar soni oxirgi 60 kun ichidagi eng past ko‘rsatkichga tushdi. Toshkent shahri davolanish ko‘rsatkichi 90 foizga yetgan eng oxirgi hudud bo‘ldi.

    27.08.2020, 23:57   Izoh (0)   138783
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusga chalingan ota-ona farzandini kasallikdan qanday asrashi kerak? Mutaxassis javobi

    27.08.2020, 23:34

    Prezident farmoniga asosan “Daryo” muharriri “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi

    27.08.2020, 23:28

    Sardoba suv toshqinida zarar ko‘rgan ichimlik suvi obyektlarini tiklash uchun qariyb 130 mlrd so‘m ajratildi

    27.08.2020, 23:21

    DTM saytida O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar haqida ma’lumot olish imkoniyati yaratildi

    27.08.2020, 23:03

    Qanday belgilar koronavirus bemorlarini statsionarga yuborish zaruratini bildirishi aytildi

    27.08.2020, 22:57

    Shavkat Mirziyoyev mustaqillik bayrami munosabati bilan koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlaridan bir guruhini taqdirladi

    27.08.2020, 22:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.