Dip Your Car firmasi Mitsubishi Evo’ni qorong‘uda nur sochadigan avtomobilga aylantirish bo‘yicha tajriba o‘tkazib, uning natijasini YouTube’dagi kanalida e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, fluoressent bo‘yoqni kuzovga surtish oson kechmagan.
Rolik muallifining so‘zlariga ko‘ra, tajriba avvalida u sakkiz xil fluoressent pigmentlarni topib, uni emal bilan aralashtirgan, so‘ng konteynerga quyib, qorong‘u xonaga joylashtirgan. Bu nur sochish darajasiga qarab eng yaxshi variantni tanlash imkonini bergan. Aniqlanishicha, sakkizta namunadan faqatgina ikkitasi talabga javob bergan.
Keyingi bosqich avtomobil kuzoviga bevosita bo‘yoqni surtish bo‘lgan. Har bir qavat surtib bo‘lingach, chiroq o‘chirilgan va qoplamaning nur qaytarishi tekshirilgan. Natijada Mitsubishi Evo’ni bo‘yash uchun, taxminan, 15 litr bo‘yoq sarflangan.
Izoh (0)