• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 25-avgust kuni 316 kishida koronavirus aniqlandi. Birinchi marta 1 kunda 8 kishi vafot etgani ma’lum qilindi

    O‘zbekistonda 24-avgust soat 23:30 dan 25-avgust soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 316 ta holat qayd etildi. Bu 8-iyuldan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 39664 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 287, “Daryo” hisobi bo‘yicha 297 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 287, “Daryo” hisobi bo‘yicha 297 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 316 kishining 206 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent viloyatida — 114 nafar;
    • Toshkent shahrida — 61 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 12 nafar;
    • Buxoro viloyatida — 10 nafar;
    • Jizzax viloyatida — 4 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 3 nafar;
    • Andijon viloyatida — 2 nafar.
    Shuningdek, O‘rtasaroy karantin markazida xorijdan kelgan 110 nafar fuqaro orasida COVID-19 aniqlangan.

    Kun davomida 7 ta hududda koronavirus yuqtirib olish holati qayd etildi. 11-iyuldan so‘ng ilk marta eng ko‘p kasallanish holatlari (xorijdan kelgach karantinga olinganlar bu hisobga kirmagan) aniqlangan hududlar ro‘yxatida Toshkent shahri yetakchilik qilmadi.

    Toshkent viloyatida 114 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda 26-iyuldan buyon faqatgina bir marta — 23-avgust kuni kasallanish holatlari 100 taga yetmadi (61 ta holat). Avgust oyining 25 kuni ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 3857 kishiga ko‘paydi. Viloyatdagi jami kasallanish holatlari 6641 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha kasallanish holatlarining 16,7 foiziga tengdir.

    Toshkent shahrida 61 kishida koronavirus aniqlandi. 11-iyuldan so‘ng birinchi marta Toshkent shahrida kunlik kasallanish holatlari 100 taga yetmadi. Avgust oyida Toshkentda eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etilgandi. Avgust oyida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 9423 ta yangi holat aniqlandi. Poytaxtda aniqlangan jami holatlar 24155 taga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlarning 60,9 foizi hozirda Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Samarqand viloyatida 12 kishida koronavirus qayd etildi. Avgust oyining ortda qolgan 25 kunidan 19 tasida Samarqandda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda 699 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda jami kasallanganlar soni esa 1637 nafarga yetdi.

    Buxoro viloyatida 10 kishida kasallik aniqlandi. Viloyatda 16-avgustdan beri endi yangi holatlar ro‘yxatga olindi. Avgust oyida Buxoroda koronavirusga chalinish holatlari 196 taga ko‘paydi, bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 19 foiziga tengdir. Buxoroda koronavirus yuqtirib olganlar orasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ham bor edi, u 22-avgust kuni Toshkent shahrida vafot etdi.

    Jizzax viloyatida 4 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda bungacha avgust oyida faqat 3 marta yangi holatlar ro‘yxatga olingandi — 10-avgust kuni 7 kishida, 20-avgust kuni 3 kishida va 22-avgust kuni 1 kishida koronavirus aniqlangandi. Jizzax koronavirus eng kam qayd etilgan hudud hisoblanadi. Hozirda viloyatdagi jami aniqlangan holatlar soni 155 taga yetdi. Bu eng kam kasallik qayd etilishi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi Farg‘ona viloyatidagi bemorlar sonidan ham 2 baravar kam odamda COVID-19 aniqlanganini bildiradi.

    Qashqadaryo viloyatida 3 kishida koronavirus aniqlandi. Oxirgi 7 kun ichida viloyatda uzluksiz ravishda viloyatda yangi holatlar ro‘yxatga olindi, ammo bu kunlarda kunlik kasallanish holatlari biron marta ham 8 tadan oshmadi. Avgust oyida Qashqadaryoda 219 kishida koronavirus qayd etildi, bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 24 foiziga tengdir.

    Andijon viloyatida 2 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda oxirgi 40 kun ichida (17-iyuldan beri) faqat 3 marta — 25-iyul, 8-avgust va 15-avgust kunlari yangi kasallanish holatlari aniqlanmagan. Andijon viloyatida koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1174 nafarga yetdi, bu butun O‘zbekiston bo‘yicha aniqlangan bemorlarning qariyb 3 foiziga teng deganidir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 73 yoshida vafot etgan O‘zbekiston xalq artistining vafotiga ham koronavirus sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shu tariqa, 25-avgustda 8 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Buncha ko‘p o‘lim ilgari hech ham qayd etilmagandi.

    Birinchi o‘lim. Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli X.X. ismli ayol vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashagan 40 yoshli D.A. ismli ayol vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli G‘.Sh. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Yashnobod tumanida yashagan 49 yoshli Q.A. ismli erkak vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 73 yoshida vafot etdi.

    Dilbar Ikromova.

    Dilbar Ikromova.
    Foto: YouTube

    O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov aktrisaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Dilbar Ikromova COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgach, komaga tushib qolgan. U avvaliga Zangiotadagi maxsus shifoxonada davolangan, ahvoli og‘irlashgach esa Akfa Medline klinikasiga olib o‘tilgan. 25-avgust kuni esa Dilbar Ikromova olamdan o‘tgan.

    Dilbar Ikromovaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgani haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha xabar bermadi.

    Oltinchi o‘lim. Olmazor tumanida yashagan 63 yoshli M.Z. ismli ayol vafot etgan.

    Yettinchi o‘lim. Uchtepa tumanida yashagan 62 yoshli A.T. ismli erkak vafot etgan.

    Sakkizinchi o‘lim. Sergeli tumanida yashagan 55 yoshli S.B. ismli ayol vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 287 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 297 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti 53 yoshli Sanjar Jalolov, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 73 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu 10 holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3394 nafar bemordan 294 nafari og‘ir, 110 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun avval ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 414 nafarni tashkil etayotgandi, endi esa 404 nafarga tushdi. Bu orada esa 8 nafar bemorning vafot etgani ma’lum bo‘ldi, SSV bu holatlardan faqat 7 tasini tasdiqladi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 11,9 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    25-avgust kuni O‘zbekistonning 8 ta hududida 432 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 22-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.
    • 291 nafari Toshkent shahrida;
    • 117 nafari Toshkent viloyatida;
    • 6 nafari Andijon viloyatida;
    • 5 nafari Jizzax viloyatida;
    • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
    • 3 nafari Namangan viloyatida;
    • 2 nafari Navoiy viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 39664 nafar bemordan 35983 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda. Bir kun avval ham davolanish ko‘rsatkichi 90 foiz bo‘lgandi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 3394 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 5-iyul kunidagi bemorlar sonidan (o‘sha kuni 3402 nafar bemor davolanayotgandi) ham kamaydi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 2580 nafar. Farg‘onada 3, Jizzaxda 7, Navoiyda 11, Qoraqalpog‘istonda 14, Xorazmda 19, Andijonda 23, Surxondaryoda 25, Sirdaryoda 26, Qashqadaryoda 30, Buxoroda 41, Namanganda 58, Samarqandda 114 va Toshkent viloyatida 443 nafar bemor qoldi.

    Hozirda Toshkent shahridan boshqa barcha hududlarda davolanish ko‘rsatkichi 90 foizdan yuqori bo‘lib turibdi.

    25.08.2020, 23:48   Izoh (0)   125139
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

    25.08.2020, 23:34

    Zafarobodda 12 ming dollar evaziga yer ajratib berishni va’da qilgan tuman hokimligi ish yurituvchisi ushlandi

    25.08.2020, 23:22

    Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi

    25.08.2020, 22:45

    Sherzod Shermatov maktablarda darslar davomiyligi 30 daqiqaga qisqartirilishiga qarshiligini bildirdi

    25.08.2020, 22:39

    Tor doiradagi shaxslarning manfaati xalq manfaatidan ustun bo‘lishi kerak emas — Tanzila Norboyeva

    25.08.2020, 22:21

    Toshkent metrosining ba’zi bekatlaridagi o‘rindiqlar qayta ta’mirlanmoqda. Hozir ularning o‘rniga xiyobonlardagi o‘rindiqlar qo‘yilgan

    25.08.2020, 22:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH sudi Trampga boj joriy etishni taqiqlaydi

    Dunyo | 29 may, 18:05

    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

    Reklama | 29 may, 18:00

    Bir oy davomida har kuni 10 ming qadam yurilganida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

    Layfstayl | 29 may, 17:55

    O‘zbekiston terma jamoasi muhim bahsda qatnashish uchun BAAga yetib bordi (foto)

    Sport | 29 may, 17:45

    “Dolzarb 90 kun”: o‘quvchilarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 29 may, 17:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.