Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
2019-yil 14-noyabrdagi PF-5875-sonli Prezident farmoniga binoan, 29-avgust — shanba dam olish kuni 31-avgust — dushanba ish kuniga ko‘chiriladi.
Qayd etilishicha, 29-avgust — shanba kuni haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 31-avgust — dushanba kuni esa haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.
Shunday qilib, Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar quyidagi 3 kunda ketma-ket dam olishadi:
- 30-avgust — yakshanba (dam olish kuni);
- 31-avgust — dushanba (barcha uchun ko‘chirilgan dam olish kuni);
- 1-sentabr — seshanba (Mustaqillik bayrami).
Izoh (0)