O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Ukraina yetakchisini 24-avgust — Ukraina Mustaqilligi kuni munosabati bilan qutlagan.
Ma’lumot uchun, 1991-yil 24-avgust kuni Ukraina SSR Sovet Ittifoqidan mustaqilligini e’lon qilgan va respublika nomi Ukrainaga o‘zgartirilgan. Ukraina mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olingan.
Izoh (0)