“Bavariya” yarim himoyachisi Serj Gnabri Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida “Lion”ga qarshi kechgan bahsda (3:0) dubl qayd etdi. Myunxenliklarning yana bir goliga Robert Levandovski muallif bo‘ldi.
Levandovski Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumidagi gollari sonini 15 taga yetkazib olgan bo‘lsa, germaniyalik futbolchi 9-golini urdi. Serj va Robert Levandovski joriy mavsum birgalikda umumiy 24 ta golga muallif bo‘ldi.
Bu esa Chempionlar Ligasi rekordi hisoblanadi. Avvalgi rekord 2013/14-yilgi mavsumda “Real” o‘yinchilari tomonidan o‘rnatilgandi: Krishtianu Ronaldu (17 ta gol) va Garet Beyl (6).
“Bavariya” musobaqa finalida PSJ bilan o‘ynaydi va myunxenliklar hujum tandemida bu rekordni yaxshilash imkoni mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)