Britaniyaning CCA kimoshdi uyi 1985-yilda ishlab chiqarilganidan buyon 286 ming kilometr yo‘l bosgan, biroq so‘nggi 26 yil ichida harakatsiz turgan Audi Quattro Turbo yangtaymerini sotuvga qo‘ydi. Mashina suratlari o‘tgan davr ichida u bilan nimalar sodir bo‘lganini yaqqol ko‘rsatmoqda: sportkarni ideal holatda deb bo‘lmaydi. Shu sababli mashinani 8-10 ming funt sterlingga sotish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Motor.
Quattro Turbo modeli 1980-yildan 1991-yilga qadar 11 mingga yaqin nusxada ishlab chiqarilgan. Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan mashina 200 ot kuchi va 287 Nm aylanuvchi momentga ega 2,1 litrli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. 1987-yildan boshlab sportkarga 2,2 motori, 1989-yildan esa xuddi shu turdagi agregat, biroq yuqori taqsimlagich va 220 ot kuchli versiyasi o‘rnatilgan.
Sotuvga qo‘yilgan Quattro 1985-yilda ishlab chiqarilgan, shu sababli uning kapoti ostidan 2,1 litrli “turbobeshlik” o‘rin olgan. Pasporti bo‘yicha avtomobil 100 km/soat tezlikka 7,1 soniyada erishgan, maksimal tezligi esa 220 km/soat.
Biroq sotuvchi hozirda na dvigatel va na dvigatelning ishlashiga kafolat bera oladi — avtomobilni hatto o‘t oldirishga urinib ko‘rishmagan. Shu sababli u arzon narxga baholanmoqda, bundan tashqari, uning kuzovi, salonini yangilash, barcha elektr qismlarini qayta tekshirish kerak bo‘ladi.
Izoh (0)