Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari hajmi 2020-yil 1-avgust holatiga ko‘ra 34,7 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Mamlakat zaxiralari hali ham zaif diversifikatsiyalangan — deyarli barchasi monetar oltin (20,7 milliard dollar) va xorijiy valyutada (13,6 milliard dollar) saqlanmoqda. Ushbu muammoni AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarini sotib olish orqali hal qilish rejalashtirilgan.

Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni oshkor qila boshlaganidan beri (2017-yil kuzida) birinchi marta rasmiy zaxiralar 34 milliard dollardan oshdi. Ular, asosan, oltin narxining o‘sishi hisobiga ortdi.

Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning “xavfsizlik yostiqchasi” ham hisoblanadi — ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.

Ayni vaqtdagi zaxira miqdori 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘pdir.

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi mart oyida 30 milliard dollardan, may oyida 31 milliard dollardan, iyulda 32 milliard dollardan oshgandi.

Avvalroq O‘zbekiston jahon bozorida oltin narxining oshishidan foyda ko‘rgani, oltin zaxirasi mamlakatga pandemiya vaqtida “jon saqlash”ga imkon berayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi