Dubay amirligida kinologlar va ularning itlaridan aeroportda koronavirusga qarshi kurashda foydalanilmoqda. Bu haqda Travel and Leisure xabar bergan.
Jarayonga ko‘ra itlar koronavirus bilan kasallangan yo‘lovchilarni hididan topib beradi. Tadqiqotlarda ushbu yo‘l orqali kasallanganlarni 92 foiz gacha aniqlash mumkinligi isbotlangan.
Itlarning hid bilish qobiliyati odamlarnikidan bir necha marta kuchli va shu sababli ham ulardan giyohvand moddalar yoki bombani izlab topishda foydalaniladi.
Itlarni koronavirusni aniqlashga o‘rgatish — jiddiy va uzoq davom etadigan jarayon. Buning uchun laboratoriya, maxsus uskunalar va kasallangan kishilarning badanidan oqqan ter suvi kerak bo‘ladi.
Dubay aeroporti ushbu usulda COVID-19 bilan kasallanganlarni aniqlay boshlagan birinchi muassasa. Kinologlar va itlar masofani saqlagan holda odamlar bilan suhbatlashmasdan kontaktga kirishadi.
Dubay iyul oyida turistlar uchun eshiklarini ochgandi. Sayohatchilar amirlik hududidagi kirish uchun COVID-19’ga topshirilgan va amal qilish muddati 96 soat davom etuvchi manfiy xulosa berilgan test haqidagi ma’lumotnomani taqdim qilishi zarur.
Izoh (0)