Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yuk mashinasi hamda harakatdagi yuk poyezdi ishtirokidagi avariya oqibatlarini bartaraf etdi.
Qayd etilishicha, avtohalokat Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 185-kilometrida sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobili harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
“Hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Qamchiq dovonida Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 250,5-kilometrida Isuzu haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Howo’ga borib urilgani, Isuzu haydovchisi va salondagi yo‘lovchi tan jarohati olgani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)