PSJ darvozaboni Keylor Navas jarohati tufayli Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Leypsig”ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Goal’ga ko‘ra, darvozabon hanuzgacha mashg‘ulotlarni boshlanmagan va katta ehtimol bilan yarim final uchrashuviga tayyor bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Navas Chempionlar Ligasi chorak final bosqichida “Atalanta”ga qarshi kechgan uchrashuvda (2:1) o‘ng oyoq son qismidagi og‘riq tufayli 79-daqiqada almashtirilgandi.
PSJ — “Leypsig” uchrashuvi 18-avgust kuni Lissabonda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)