Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hukumatlarni pandemiya sababli karantin choralarini boshqa joriy etmaslikka chaqirdi. Bu haqda tashkilotning bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxove ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Pandemiya boshida, Xitoy bilan chegaralarni yopish epidemiya tarqalishini to‘xtatib qola oladigan paytda, JSST mamlakatlarni bu ishni qilmaslikka, xitoylik sayyohlarni barcha mamlakatlarga kiritishga va “tengsizlikni” targ‘ib qilmaslikka chaqirgandi.

Shunday bo‘lsa ham, pandemiya butun dunyo bo‘ylab tarqalgach, chegaralar yopildi. O‘shanda JSST chegaralarning yopilishi to‘g‘ri ekanligini tan oldi.

Shundan keyin JSST ekspertlari bir necha oy davomida tibbiy niqoblar odamlarga kerak emasligini ta’kidladi. Biroq keyinroq tashkilot barchani niqob taqishga chaqirdi.

JSST barcha mamlakatlarga uzoq vaqt davomida qattiq karantin joriy qilishni maslahat berdi. Biroq endi Van Kerkxove COVID-19’ning ikkinchi va undan keyingi to‘lqinlarida karantinga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlamoqda, chunki karantinning iqtisodiy oqibatlari tibbiy tarafdan erishiladigan shartli g‘alabadan ko‘ra ahamiyatliroq bo‘lmoqda. Tashkilot tomonidan ta’kidlanishicha, ijtimoiy masofani saqlash va niqob taqish mazkur pandemiya sharoitida yetarli hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi