Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 17-avgustdan 30-avgustga qadar amalga oshiriladigan navbatdagi charter reyslarning jadvali tasdiqlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, 17-avgustdan 30-avgust kunlari davomida 23 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.

17—23-avgust kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

  • 17-avgust. Seul—Toshkent—Seul;
  • 17-avgust. Toshkent—Moskva—Samarqand;
  • 18-avgust. Toshkent – Qozon—Samarqand;
  • 18-avgust. Toshkent—Sankt-Peterburg – Samarqand;
  • 18-avgust. Toshkent—Moskva—Samarqand;
  • 19—20-avgust. Toshkent—Seul—Toshkent;
  • 20-avgust. Toshkent—Sankt-Peterburg—Toshkent;
  • 21-avgust. Toshkent—Istanbul—Toshkent;
  • 21-avgust. Toshkent—Qozon—Toshkent;
  • 21-avgust. Toshkent—Dubay—Toshkent;
  • 22-avgust. Toshkent—Vladivostok—Toshkent;
  • 23-avgust. Toshkent—Moskva—Toshkent.
24—30-avgust kunlariga belgilangan reyslar jadvali:
  • 24-avgust. Seul—Toshkent—Seul;
  • 24-avgust. Toshkent—Novosibirsk—Toshkent;
  • 24-avgust. Toshkent—Minsk—Toshkent;
  • 25-avgust. Toshkent—Qozon—Toshkent;
  • 26-avgust. Toshkent—Moskva—Toshkent;
  • 27-avgust. Toshkent—Seul—Toshkent;
  • 27—28-avgust. Toshkent—Nyu-York—Toshkent;
  • 27-avgust. Istanbul—Toshkent—Istanbul;
  • 28-avgust. Toshkent—Qozon—Toshkent;
  • 29-avgust. Toshkent—Moskva—Toshkent;
  • 30-avgust. Toshkent—Sankt-Peterburg—Toshkent.
Avvalroq O‘zbekistonga xorijiy sayyohlarni olib keladigan charter reyslarga subsidiya ajratilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatining qarori bilan 16-martdan boshlab barcha xalqaro reyslar, shu jumladan, Toshkent—Nyu-York—Toshkent yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlari to‘xtatilgan edi. 1-avgust kuni Maxsus komissiyasi qarori bilan Amerika va Kanadadan bir guruh vatandoshlar maxsus reys bilan Toshkentga olib kelingan. Ta’kidlanishicha, so‘nggi uch oy ichida koronavirus pandemiyasi tufayli qiyin ahvolda qolgan barcha o‘zbekistonliklar AQSh va Kanadadan evakuatsiya qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda