“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Angliya Premyer Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Belgiyalik futbolchi mazkur sovrin uchun kurashda Trent Aleksander-Arnold, Jordan Henderson, Sadio Mane (barchasi “Liverpul”), Denni Ingz (“Sauthempton”), Nik Poup (“Byornli”), Jeymi Vardi (“Lester Siti”) singari futbolchilar ortda qoldirdi.
De Bryuyne Angliya chempionatining 2019/2020-yilgi mavsumida 20 ta golli uzatmani amalga oshirib, Tyerri Anrining rekordini takrorladi. Bundan tashqari u o‘z hisobiga 13 ta gol ham yozdirib qo‘ydi.
Avvalroq “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsumning eng yaxshi murabbiyi, “qizillar” himoyachisi Trent Aleksander-Arnold esa mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topilgandi.
Qayd etish joiz, mavsumning eng yaxshi futbolchisini tanlashda muxlislar, 20 ta klub sardorlari va futbol mutaxassislarining ovozlari inobatga olingan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)