• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Hayotni yengillashtirishga yordam beradigan 7 tavsiya

    Hayotda duch keladigan qiyinchiliklar, omadsizlik, atrofdagi insonlarning fikrlari, umuman, bir insonning qalb kechinmalari faqat uning o‘ziga ayon bo‘lgan haqiqat. Odamlar hayotida kechadigan jarayonlarni o‘zlari murakkablashtiradi. Aslida barchasi juda oson. Hamma gap qanday yashash kerakligini bilishda. Cosmopolitan nashri hayotni soddalashtirning 7 usuli haqida psixologlar fikrini jamlagan holda qiziqarli material tayyorladi.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Dramatik bo‘lmang

    Sizda pashshadan fil yasash odati bormi? Muvaffaqiyatsizlar haqida qayg‘urasizmi? O‘zingizning xatolaringizni bo‘rttirish bezovtalikni keltirib chiqaradi. Ba’zan ehtiroslarimiz halokatli narsalarni eslatadi va shu bilan asab tizimini saqlab qolish haqida umuman unutib qo‘yamiz.

    “Ko‘pincha, ota-onasi, oilasi tomonidan doimo biror narsani yengib o‘tish kerak, degan fikr ostida yashagan odamlar hamma narsani bo‘rttirish istagi bilan ajralib turadi, — deydi psixolog Anetta Orlova. — Asta-sekin bu ularning xatti-harakatlari modeliga aylanadi. Keyinchalik ular doimo ‘aqlbovar qilmaydigan’ qiyinchiliklar va ularni yengishga qodir bo‘lgan kuchlari haqida gaplashadi. Ular yashamaydi, hisob beradi. Shuningdek, ular har doim boshqalarning ijobiy bahosiga muhtoj bo‘ladi”.

    Maslahat: Qo‘rqinch holat sodir bo‘ldimi? Xayolan balkonga chiqing va 15-qavatdan vaziyatga qarang. Siz bularning barchasini baland samoga eltadigan havo sharida uchayotganingizni tasavvur qilishingiz mumkin. Tinchlandingizmi? Ana endi nima qilishni rejalashtiring.

    Chuqur o‘ylamang

    Agar siz atrofingizdagi odamlarning nima va nima uchun qilayotgani, ularning har lahzada nimani his qilishi, o‘ylarini to‘g‘ri ko‘ra olib, doim tushunaman deb o‘ylasangiz, siz nohaqsiz. Axir “begona qalb — zulmat” degan maqol bor. Hatto psixologlar ham doim odamning muayyan vaziyatdagi reaksiyasini taxmin qila olmaydi. Siz boshqalarning muomalasini hisoblashingiz mumkin, deb o‘ylagan holda diqqatingizni o‘chirib, taxminlar asosida ish qilishni boshlaysiz. Ayniqsa, siz bilan kimdir yomon munosabatda bo‘lishni xohlayotganga o‘xshaydi.

    Maslahat: Ko‘proq gaplashing va diqqat bilan tinglang! Agar siz boshqa odamning fikrini bilmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki undan so‘rang. Biz qisqa yo‘l — eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini ba’zida unutamiz. Va hamma narsani chalkashtirishni yaxshi ko‘ramiz.

    Hozir yashang

    Qayg‘u, ko‘ngilsizlik va baxtsizliklar ko‘proq o‘tmishdagi ranj-alamlarni eslaydigan odamlarda ekanligi isbotlangan. Sizga ozor bergan yoqimsiz his-tuyg‘ularni qanchalik ko‘p takrorlasangiz, shunchalik katta bo‘lib ko‘rinadi. O‘tmish o‘lgan, shunday ekan hozir yashang!

    Maslahat: O‘tmishni unutish kerak, siz… esda tuting: barcha yaxshi daqiqalar, achchiq va quvonchli onlar. Va ularni xayoliy shkafga joylashtiring: yaxshini — bitta tortmasiga, yana bittasiga — yomonini, biriga — harakatlar, boshqasiga — fikrlar. Keyin barcha tortmalarni kalit bilan yoping va uni xohlagan joyga qo‘ying. Hech bo‘lmaganda uni tashlang.

    Umumlashtirmang

    Yodingizda bo‘lsin, bir yoki ikkita muvaffaqiyatsizlik halokatli omadning belgisi emas. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mag‘lubiyatlar g‘alabaga qaraganda 7-12 marta ko‘proq esga olinadi. Shuning uchun psixologlar yutuqlaringiz kundaligini yuritishingizni maslahat beradi. Unga nafaqat g‘alabalaringiz, balki umuman, siz bilan sodir bo‘lgan barcha yaxshi narsalarni yozasiz: hamkasbingiz yordami, avtobusdagi notanish odamning tabassumi, sevgan kishingizdan sog‘inchli SMS. Eng muhimi, har kuni biron-bir yaxshi narsa topa olish. Har gal nimadandir qattiq xafa bo‘lganingizda “sevinch kundaligi”ngizni qayta-qayta o‘qing!

    Perfektsionist bo‘lmang

    Perfektsionizm — bu bor narsadan zavqlanishga xalaqit beradigan va doimiy ravishda yaxshiroq narsani izlashga majbur qiladigan kasallikning bir turi. Idealni izlash — cheksiz jarayondir. Hech kim mukammal emas. Shuningdek, sizda allqachon mavjud narsalar (sevganingiz, ishingiz, do‘stlaringiz va boshqalarga) mutlaqo qiziq emas.

    Maslahat: Psixolog Anetta Orlova aytadi: “Agar siz mukammal bo‘lishga odatlangan bo‘lsangiz, kuniga kamida 5 daqiqa doimgidek bo‘lmagan hamma narsani qilishga urinib ko‘ring. Mayli harakatlaringiz axmoqona bo‘lsin, kulgili va kuchsiz ko‘rinishdan qo‘rqmang. Agar perfektsionizm boshqalarga qaratilgan bo‘lsa, yaqinlaringizdan kimnidir tanqid qilganingizda sizni to‘xtatishlarini so‘rang. Eng muhimi, dunyoni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilishdir”.

    Qoida tuzmang

    Bolalikda ota-onangiz sizga “xohlayman” fe’lidan tashqari “kerak”, “shart” so‘zlari borligini aytgan. Ko‘pincha muayyan xatti-harakat qoidalariga asoslangan ushbu ikki so‘z sizga faqat aybdorlik hissi va nevrozlarni beradi. Albatta, yoshga qarab, barchamiz yaqinlar va hamkasblarimiz oldida qandaydir majburiyatlarga egamiz. Ammo nima xohlayotganingizni unutmasligingiz kerak. Va boshqalarni o‘z qoidalaringizga rioya qilishga majbur qilganda, siz mijg‘ov va diktatorga aylanasiz. Ishoning, bu yoqimli rol emas.

    Stereotiplar va yorliqlardan qoching

    Ijobiy yoki hech bo‘lmaganda neytral so‘zlardan foydalaning. Axir negativ so‘zlar shunga o‘xshash fikrlarni keltirib chiqaradi.

    Psixoterapevt Untilova aytadi: “Hozir ‘yaxshi’ va ‘yomon’ so‘zlari shaxsiy xarakterini yo‘qotdi, standart va xulq-atvor qoidalariga aylandi. Odam “yaxshi va yomon” reaksiya ekanligini unutib, ularni dalillar uchungina qabul qiladi va shu bilan o‘zini har qanday yangi tajriba olishdan mahrum qiladi”.

    Maslahat: Hech narsani baholamay, hech bo‘lmaganda bir kun yashashga harakat qiling — shunchaki kuzating va yashang. Shunda bu qanday yoqimli ekanligini ko‘rasiz!

    Mavzuga doir:

    • Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradigan tavsiyalar
    • Muammolar haqida atrofdagilarga so‘zlab berish: Bu nima uchun muhim?
    • Munosabatlarni mustahkamlovchi oddiy, lekin ahamiyatli jumlalar

    15.08.2020, 11:52   Izoh (0)   29314
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradigan tavsiyalar

    13.08.2020, 11:41

    Hech qayerga shoshilmayotgan bo‘lsangiz ham tonggi soat 5:00 da uyg‘onishning 5 ta foydasi

    12.08.2020, 07:21

    Antiseptik vositalarning ko‘pchilik bilmagan foydali jihatlari

    09.08.2020, 16:50

    10 yoshga yosharishga yordam beradigan 6 ta layfxak

    06.08.2020, 08:59

    Muammolar haqida atrofdagilarga so‘zlab berish: Bu nima uchun muhim?

    05.08.2020, 18:22

    Ortiqcha vaznga ega ayollar kiyinish uslubida yo‘l qo‘yadigan 6 ta xato

    31.07.2020, 18:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa rahbarlari Alyaskadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot tayyorlashdi — Tusk

    Dunyo | 16 avgust, 16:05

    O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh qo‘y va echki sotib oladi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 15:46

    Dizaynerlar qo‘lida bor narsalardan yaratgan: mashhur filmlardagi afsonaviy kostyumlar

    Kino | 16 avgust, 15:30

    OpenAI ChatGPT ilovasidan qancha daromad olgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 16 avgust, 15:11

    Avstraliyalik olimlar mahalliy qushlarning ayrim turlari jinsini o‘zgartirishi mumkinligini aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 14:59

    Taqiqlangan diniy materiallar tarqatgan jizzaxlik 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 14:45

    O‘zbekiston terma jamoasini 71 yoshli turkiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

    Sport | 16 avgust, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.